G'ayrat Jumaev: Endi Navoiyda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q
16 iyu 2016 13:20
Yangiliklar

G'ayrat Jumaev: Endi Navoiyda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q
Oliy liga o'n ikkinchi turidan joy olgan uchrashuvlardan biri Navoiyda “Qizilqum” - “Navbahor” jamoalari o'rtasida o'tkaziladi.
Mazkur o'yin oldidan navoiyliklar yarim himoyachisi G'ayrat Jumaev o'z fikrlarini bildirdi.
-So'nggi turlarda jamoamizdan omad ochiqchasiga yuz o'girmoqda, - deydi G'ayrat Jumaev. - Oxirgi turda Toshkentda “Bunyodkor”dan alamli mag'lubiyatga uchradik. Navoiylik muxlislar esa bizdan g'alaba kutishmoqda. O'z maydonimizda muhim uchrashuvlarda raqiblarimizga ochkolar ulashganimiz yakunda jamoamiz ahvolini og'irlashtirishi mumkin. SHu bois ham endi Navoiyda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q.
“Navbahor” so'nggi turda chempionat peshqadamlaridan biri - “Nasaf”dan ochko tortib olganligini hisobga olsak, bugun bizni oldinda og'ir o'yin kutib turibdi. SHunga qaramay o'yinga puxta hozirlik ko'rdik. Maqsadimiz esa unda faqat g'alaba qozonishdir.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar