Gavi "Barselona" asosiy tarkibidan chiqarildi
25 mar 2023 10:32
Yangiliklar
Gavi "Barselona" asosiy tarkibidan chiqarildi
La Liga Gavini "Barselona"ning asosiy tarkibidan rasman chetlashtirish huquqini qo'lga kiritdi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha apellyaciyani boy berdi. "Barselona" sentyabr oyida Gavi bilan yangi shartnoma imzoladi, shundan so'ng u asosiy jamoaning rasmiy futbolchisiga aylanishi kerak edi. Biroq La Liga futbolchini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat bermadi va keyinchalik sud ham buni tasdiqladi, chunki "Barselona" ish haqi fondi bo'yicha muammoga ega.
Endi Gavi oshirilgan maosh ololmaydi va 6-raqam ostida ham o'ynamaydi. Endilikda u "ko'k-anorranglilar" safida yana 30-raqam ostida o'ynashiga to'g'ri keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar