Gavi Alvaresning hisobga olinmagan penaltisi haqida: "Men qayta tepishga imkon berardim, ammo hakamlar hal qilgani maqul"
15 mar 2025 14:42
Yangiliklar
Gavi Alvaresning hisobga olinmagan penaltisi haqida: "Men qayta tepishga imkon berardim, ammo hakamlar hal qilgani maqul"
"Real" UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida "Atletiko"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
O'yindan keyingi penaltilar seriyasida "matraschilar" hujumchisi Xulian Alvares zarbadan avval sirpanib ketdi va to'pga ikkala oyog'i bilan tegdi. Shunga qaramay u gol urdi, biroq bosh hakam VAR bilan muhokamadan so'ng uni hisobga olmadi.
"Bu vaziyat bo'yicha katta bayonot berish niyatim yo'q. Qarorni hakamlar qabul qiladi va ularda shunday qoida bor. Ushbu vaziyatda nimalar qilish kerakligini bilmayman, ammo hakam nima qilmasin, unga ishonishdan boshqa iloj yo'q.
Biroq men quyidagicha yo'l tutardim: Agar futbolchi to'pga ikkala oyog'i bilan tegsa, penaltini qaytadan tepsin. Ammo buni men hal qilmayman, hakamlar qaror chiqargani to'g'ri" - dedi Gavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar