Gattuzo yosh futbolchining tishini sindirishga vada berdi

5 may 2018, 08:20
“Milan” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoaning 19 yoshli futbolchisi Hoshim Mastur istiqboli haqida gapirdi.

“Oxirgi vaqtlarda ko'p gapirdik. Unga maydondagi o'yinlari orqali emas, videolar orqali mashhur bo'lganini aytdim. U endi bunday qilmayapti, chunki agar u o'zini shunday tutishda davom etsa, tishini sindirishimni aytgan edim. Biroz o'sishlarga qaramay, u rivojlanishi kerak. Va bir maromda o'ynashni o'rganishi lozim”, - dedi Gattuzo.

Marokashlik Mastur ushbu mavsumda “Milan”ning yoshlar jamoasida o'ynamoqda

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia