Gattuzo va "Napoli" yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
10 iyu 2020 12:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580171_original.jpg)
![](/upload/storage/580171_220.jpg)
Gattuzo va "Napoli" yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Neapol klubi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Xabarlarga ko'ra, Gattuzo yaqin vaqtlarda bitimni yakunlash uchun "Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis bilan uchrashadi. Bitim 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallanadi.
Eslatib o'tamiz, Gattuzo o'tgan yilning so'nggida "Napoli" bosh murabbiyi bo'lgan edi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Napoli" A Seriyada 31 turdan so'ng 51 ochko jamg'argan holda, 6-o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" o'tgan oyda Italiya Kubogi finalida "Yuventus"ni mag'lub etgan holda sovringa ega chiqqandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar