Gattuzo: "SHon Konneri bilan bir kun ko'rishganimda, u mening "Reynjers"dan ketmasligimni iltimos qilgandi"
02 noy 2020 15:12
Yangiliklar
Gattuzo: "SHon Konneri bilan bir kun ko'rishganimda, u mening "Reynjers"dan ketmasligimni iltimos qilgandi"
"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo yaqindagina 90 yoshida vafot etgan SHon Konneri bilan bo'lgan voqeani gapirib berdi.
"Konneri bilan atigi bir marta ko'rishganman. O'shanda "Reynjers" prezidenti Devid Myurrey edi. SHon direktorlar kengashining oldiga kirib, men bilan gaplashdi va ketmasligimni so'radi.
Uning oilasini quchib qolaman. Konnerining buyuk shaxsiyati bor edi. SHon kino olamida tarix yarata oldi", - dedi Gattuzo.
Fikrlar