Gattuzo "Nyukasl"ni boshqarishi mumkin
28 sen 2021 08:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/660666_original.jpg)
![](/upload/storage/660666_220.jpg)
Gattuzo "Nyukasl"ni boshqarishi mumkin
"Napoli" sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo tez orada "Nyukasl"ni boshqarishi mumkin.
Angliyaliklar rahbariyati ushbu lavozim uchun asosiy davogarlar orasida italiyalik mutaxassisni ham ko'rib chiqmoqda.
Qayd etish kerakki, Gattuzo yozda "Fiorentina" bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan, ammo rahbariyat bilan kelishmovchilik sabab bitta ham o'yin o'tkazmay jamoadan ketgan edi.
"Nyukasl" 6 turdan so'ng 3 ochko jamg'argan holda Angliya chempionatida 17-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar