Gattuzo: "Meni buyuk murabbiy deb hisoblamang"
01 mar 2018 14:57
Yangiliklar


Gattuzo: "Meni buyuk murabbiy deb hisoblamang"
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya Kubogi yarim finalida "Lacio"ni penaltilar seriyasida mag'lub etganidan so'ng, his-tuyg'ulari bilan bo'lishdi.
"Bazida shogirdlarimni mashg'ulotda aqldan ozdirishim mumkin, biroq bu o'zini oqlamoqda. Biz muxlislar anchadan beri orzu qilayotgan jamoaga aylanishimiz kerak. Jamoamizga to'pni nazorat qilishda va undan tartibli qutilishda katta yordam bergan Vinchenco Montellaga rahmat aytishimiz lozim.
Murabbiylik vazifasida hech narsaga erishganim yo'q, meni buyuk murabbiy deb hisoblamang. So'nggi besh yil davomida faol mehnat qildim, Pro ligasida sovrindor bo'ldim va chet elda tajriba to'pladim" - deydi Gattuzo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar