So’nggi yangiliklar

20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  3 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  20 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

Gattuzo kasalligi haqida: “Ayrimlar bir oylik umrim qolgan deb o'ylamoqda” Yangiliklar

Gattuzo kasalligi haqida: “Ayrimlar bir oylik umrim qolgan deb o'ylamoqda”

“Napoli” ustozi Jennaro Gattuzo sog'lig'i bilan bog'liq muammolar haqida gapirdi.

“So'nggi 12 kun davomida o'zimda emasdim. Men barchaga, ayniqsa, oynaga qarab, g'alati yoki noodatiy narsani ko'radigan bolalarga murojaat qilmoqchiman: hayot go'zal. Barchasini qadriga eting.

Yigitlar ham meni bu holatda ko'rib, azob chekishmoqda, buni bilaman, ammo tirikman. 10 yildan beri miasteniya kasalligi bilan og'riyapman, uchinchi marotaba bunday kuchli tasir yuz bermoqda. Biroq, bu o'tib ketadi va ko'zim ham o'z joyiga keladi.

Gap faqat tashqi ko'rinishimda emas. Bunday holatda o'zingizni haqiqatan ham juda og'ir his etasiz. Kuniga 24 soat davomida ko'zlar buyumni to'g'ri ko'ra olmaydi, bu charchatadi. Faqat men kabi ahmoq ishlashda davom etadi.

Baribir, hayotimda bundan ham yomonroq narsalar bo'lgan. Bazilar esa yashashimga bir oy vaqt qolgan deb o'ylamoqda, ammo ishontirib aytamanki, barchasi joyida. Bir kun kelib vafot etsam, o'zim yashagan joyga borishni istayman: futbol maydoniga”, deydi Gattuzo.

Eslatib o'tamiz, Gattuzo miasteniya – autoimmun kasalligiga chalingan. Bu mushaklarning patologik tez charchashi bilan yuz beradigan xastalik hisoblanadi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика