Gattuzo bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
18 jan 2019 01:49
Yangiliklar
Gattuzo bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
Italiya futbol federaciyasi "Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoni "Yuventus"ga qarshi kechgan Italiya Superkubogida qilgan agressiv xatti-harakati uchun jazoladi.
Malum bo'lishicha, Gattuzo uchrashuv so'ngida hakamga tahdid qilgan va taqdirlash marosimida uni haqorat qilgan.
Natijada, "Milan" ustozi A Seriya 20-turidan o'rin olgan "Jenoa"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
SHuningdek, diskvalifikaciya sababli Alessio Romanoli (sariq kartochka ko'pligi) va Frank Kesse (qizil kartochka) kabi "Milan"ning asosiy futbolchilari 21 yanvar kuni "Luiji Ferraris" o'yingohida bo'lib o'tadigan o'yinda qatnasha olishmaydi.
"Rossoneri"lar A Seriyada 31 ochko jamg'argan holda 5-pog'onada borishmoqda. 19 uchrashuvdan so'ng, Gattuzo shogirdlarida 8ta g'alaba, 7ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar