Gattuzo: “Barselona”ni bosim ostida ushlab turdik”
09 avg 2020 09:49
Yangiliklar
Gattuzo: “Barselona”ni bosim ostida ushlab turdik”
“Napoli” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ECHL 1/8 finalida “Barselona”dan uchralgan (1:3) mag'lubiyat haqida gapirdi.
“Afsuski, biz mag'lub bo'ldik, chunki uchrashuvning ilk yarim soatida umuman maydonda “ko'rinmadik”. Ayni shu 30 daqiqa ichida uchta gol o'tkazdik. Kechirib bo'lmaydigan xatolarga yo'l qo'ydik. Ammo butun o'yin davomida “Napoli” raqibni bosim ostida ushlab tura oldi. Darvoza aniq zarbalar berdik, to'p bilan ko'proq muomala qildik, yakkakurashlarda g'olib chiqdik. Kimdir “Barselona” zaxira tarkibi bilan o'ynadi, degan fikrlarni bildirdi. Gap nima haqida ketayotganligini tushunib turibman: qarshimizda jahon darajasidagi top jamoa turgandi, ularning tarkibidagi futbolchilar o'nlab million evroga teng”, deya Gattuzoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar