Gasperini: "Bu "Atalanta" uchun dars bo'ladi"
02 avg 2020 10:43
Yangiliklar
Gasperini: "Bu "Atalanta" uchun dars bo'ladi"
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini A Seriyaning so'nggi turi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"ECHLdan oldingi kichik sinov bo'ldi. "Inter hujum qildi, Agressiv o'ynadi, shu sababli biz tez va agressiv o'yin ko'rsata olmadik. So'nggi haftalarda biz ishlash principimizni biroz o'zgartirgandik. Biroq bugun "Inter" kabi raqiblar bilan bunday o'ynamaslik kerakligini tushundik. Bu "Atalanta" uchun dars bo'ldi.
"Inter" bizni haqiqatdan ham bosib tashladi. Biz yildan yilga o'sishimiz kerak, chunki iqtisodiy holatimiz A Seriya chempionligi uchun kurashadigan darajada emas. So'nggi vaqtlarda jamoam ilk daqiqada gol o'tkazib, kambeklar qilayotgandi. "Inter" esa 20-daqiqaga kelib, 2ta gol urib bo'lgandi. Biz uchun bunday daxshatli start bo'lmagandi.
Hammasini boshidan boshlasang, ortda qolaverasan", - dedi Gasperini.
Fikrlar