Garovda Bekxemga yutqazgan Ibragimovich vadasida turadimi?

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2018, 12:51
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem bilan bog'lagan garovi haqida aytib berdi.

Zlatan va Bekxem Shvetsiya hamda Angliya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 1/4 finalidan oldin garov bog'lashgan edi. Shvetsiya g'olib bo'lsa Bekxem IKEA do'konidan Ibragimovich xohlagan buyumlarni xarid qilishi kerak bo'lardi.

Angliyaning qo'li baland kelsa, Ibragimovich inglizlar terma jamoasi o'yinida ularning futbolkasini kiyib Angliyani qo'llab-quvvatlashi va Bekxem bilan fish-end-chips tanovul qilishi kerak edi.

Uchrashuv 0:2 hisobida shvedlarning mag'lubiyati bilan yakunlandi.

"Devid, biz garov bog'lagan edik. Yutqazdim. Angliya terma jamoasini uning futbolkasida qo'llab-quvvatlash va fish-end-chips tanovul qilish uchun "Uembli"ga boraman".

Mag'lubiyatdan so'ng o'zimni bosib olishga imkon ber. Ammo hammasi joyida. Bahsni kutyapman" - deydi Zlatan Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC