Gari Nevill: "Trent APL tarixidagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi bo'la oladi"
26 noy 2023 14:44
Yangiliklar
Gari Nevill: "Trent APL tarixidagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi bo'la oladi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni maqtadi.
"Bazi vaqtlarda Trentni ko'p tanqid qilib turaman. Lekin u ajoyib futbolchi, to'pni yaxshi boshqara oladi, buni siz unchalik ko'rmaysiz.
"Manchester Siti"da to'pni oshirib beradigan, zarba yo'llaydigan yaxshi futbolchisi bor - jarohatlangan de Bryuyne. Trent esa uning darajasida va u o'ng qanot himoyachisi! U shunchaki klassik o'ng qanot himoyachisi emas, u butun bir qanot uchun masul. Agarda u faqatgina himoyaga masul bo'lganida uning "Siti"ga qarshi o'yindagi himoyalanishi yanada yaxshiroq bo'lardi.
Unda APL tarixidagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi bo'lish uchun etarlicha imkoniyati bor. SHunchaki u himoyaga bo'lgan masuliyatini oshirishi kerak", - dedi Gari Nevill.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar