So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  6 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  11 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  1 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  1 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  12 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  15 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Gari Nevill: “Tahlilchi taraflama tayinlanishimga shubha qilgan bo'lardim” Yangiliklar

Gari Nevill: “Tahlilchi taraflama tayinlanishimga shubha qilgan bo'lardim”

Bir necha kun avval “Valensiya”ga bosh murabbiy etib tayinlangan “MYU” afsonalaridan Gari Nevill so'nggi yillarda televidenieda tahlilchi sifatida faoliyat olib borayotgandi.

U murabbiylik qilish uchun o'ziga televidenie tomonidan yiliga taklif etilgan 5 million funt miqdorida maoshni rad etdi. U yangi jamoasi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“VALENSIYA” HAQIDA

“Valensiya” – tarixi va sovrinlari bilan mashhur klub, shu sababli unga doimo katta umid bildiriladi. Biz taslim bo'lmoqchi emasmiz va klub o'zi arziydigan holatga uni qaytarishga harakat qilamiz. Menga “Mestalya”da o'ynash nasib qilgan, stadion muhitini juda yaxshi eslayman. Bu erda mehmon jamoaga o'ynash hamisha qiyin. Endi bu bizning qo'limizda. Bu erda ajoyib va shu bilan birga juda talabchan ishqibozlar bor.

YORDAMCHILARI

Futbol – ayni paytdagi holat, kelajakdagi emas. Hozir nimaga egaliging muhim. Angliyadan yordamchilar guruhini taklif etmayman. SHtabimda ukam Fil, fizioterapevt Jordi Sorli, darvozabonlar murabbiyi Xose Manuel Ochotorena va tarjimon Devid le Myol ishlaydi. Yordamchim esa “Valensiya” afsonasi Migel Anxel Angulo bo'ladi.

BOSHQA KLUBLARDAN TAKLIFLAR

Oxirgi ikki yilda men boshqa klublardan takliflar oldim, lekin o'shanda bu to'g'ri keladigan vaziyat emasdi. Nimani xohlayotganimni o'qib, tushunib olishim lozim edi. Lekin yordamingga shunday katta tarixga ega klub murojaat qilsa, buni shunchaki rad qila olmaysan. Uzoq vaqt tahlilchi bo'lib ishladim va hozir imkoniyatlarimni ko'rsatadigan payt etib keldi.

TIL BO'YICHA TO'SIQ

Yaqin vaqt ichida Valensiyaga oilamni ko'chirib kelaman. Xotinim va ikki qizimni olib kelib, mahalliy madaniyatga butunlay g'arq bo'laman. Yangi til – men uchun eng jiddiy chaqiruvlardan biri. Tonggi 6da turib, Paternadagi bazada men bilan shug'ullanadigan o'qituvchi zarur. Bu jiddiy ish. Fil ispanchani o'rganishda o'sishga erishdi. Men ham buni u kabi tez amalga oshirishni istayman. Ko'plab xodimlarning ingliz tilida gapira olishi xursand qilmoqda. Bu menga muloqot qilishda yordam beradi.

FIL TO'G'RISIDA

Fil bilan aka-uka bo'lganim va bir jamoada o'ynaganim, endi “Valensiya”da birga ishlashimda muammo ko'rmayman. O'rtamizda professional mutaxassislar orasida bo'lgani singari munosabat bo'ladi. U futbolchilar va mashg'ulot jarayoni haqida malumot beradi. Fil menga yangi joyga tezroq moslashish o'ta muhim ekanligini yaxshi tushunadi.

YANGI FUTBOLCHILAR VA MURABBIYLAR SHTABI

Paternaga bir necha marta borib, futbolchi va shtab bilan uchrashdim. Ular bilan birga ishlashni xohlashim va birgalikda jamoa bilan muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchimizni ishga solishimizni takidladim. Ulardan maslahatlar, takliflar yoki tanbehlar eshitishdan doimo xursand bo'laman.

TARKIB

Fil jamoaga sodiq futbolchilar borligi va ularning har biriga ishonish mumkinligini takidladi. Ular juda iqtidorli ekani, lekin men uchun muhimi jamoa mehnatkash hamda kunu-tun mashq qilishga tayyorligini aytdi.

SHUBHALAR

Nevill-tahlilchi ham bunday tayinlanuvga shubha bildirgan bo'lardi: tajribasiz sharhlovchi boshqa mamlakatga kelyapti va o'zini jiddiy klubning murabbiyi sifatida sinab ko'radi. Oddiy muxlis o'rnida meni qaror to'g'ri ekaniga ishontirishlariga to'g'ri kelardi.


ANGLIYA HAQIDA

“Valensiya”ni xafa qilib, xuddi “Manchester Yunayted” singari o'ynaymiz deyishni xohlamayman. Jamoa o'yin uslubi har bir uchrashuvda raqibga qarab o'zgarib turadi, lekin muxlislar hujumkor futbol ko'rishni istashadi.

Xojson menga katta yordam berdi. Terma jamoa martda ikki o'yin o'tkazadi. SHu sababli 95 foiz etiborimni “Valensiya”ga qarataman. Hozir ushbu klub men uchun birinchi masala.

Ispaniyada ishlab, muvaffaqiyatga erishgan murabbiylar ko'p emas: Bobbi Robson, Terri Veneybls. Endi “Valensiya” bilan buni bajarishga urinib ko'raman.

Tayinlanishimdan avval Aleks Fergyuson bilan suhbatlashmadim, lekin bir necha kun oldin qo'ng'iroqlashdik va u menga kelajakda asqotadigan maslahatlar berdi. Murabbiylikda katta tajribaga ega bunday insonlarni tinglamaslik men tomondan qilingan axmoqlik bo'ladi.

PITER LIM

Lim bilan munosabatimga kelsak, murabbiyni tayinlashda qandaydir sirli jihat yo'q: eng tajribali mutaxassislar ham adashadi. Har bir murabbiy yangi klubida birinchi kunini o'tkazadi. Hamisha murabbiy o'z imkoniyatini ko'rsatishi kerak deb hisoblaganman. U buni amalga oshirmaguncha, odamlarning shubhalanishga haqqi bor. Mening vazifam – ularni ishontirish.

TRANSFERLAR

Hozircha ehtimoliy kelishuvlar haqida gapirmaymiz. Murabbiyning boshqa klub o'yinchilari to'g'risida gapirishi yoqmaydi. Futbolchilarimga 100 foiz ishonaman. Ular klub libosini faxr bilan kiyishlariga ishonaman. Har biriga ishonaman va ulardan o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ladi. Tarkibda yosh futbolchilar ko'p, ular vaqtiga ega bo'lishi darkor. Har bir qaror uzoq loyiha uchun mo'ljallanadi. “Valensiya”ning ko'p o'yinlarini ko'rdim va bazi o'yinchilarda kuchiga ishonchsizlik sezildi. Qo'l ostimda barchada hammasini yangidan boshlash imkoni bo'ladi.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика