Gari Nevill: “Mourino qo'l ostidagi iqtidorli futbolchilardan jamoa tuzishi lozim”
13 fev 2018 00:17
Yangiliklar


Gari Nevill: “Mourino qo'l ostidagi iqtidorli futbolchilardan jamoa tuzishi lozim”
Sky Sports eksperti, “MYU” sobiq himoyachisi Gari Nevill “MYU”ning hozirgi holatiga to'xtaldi.
“MYU” da kuchli futbolchilar etarli, ammo ularni bir maqsad sari birlashtirib, jangovar jamoa tuzish Mourinoning yaqin oylarda qiladigan eng muhim ishlaridan biri. U buni amalga oshirishi lozim.
Ko'rinishidan ular, ular kutilganidan sekinroq o'yin ko'rsatishmoqda. Bu borada ham Joze jiddiy bosh qotirishi lozim. U hozirdanoq tayyorgarlik ko'rishi kerak. O'ylashimcha, ular mavsumni ikkinchi pog'onada yakunlashadi. Qolaversa, Angliya kubogi va CHempionlar ligasida muhim uchrashuvlar bor. Ular vaziyatlardan foydalana olishmayapti, so'nggi nuqtani qo'yishda jamoa oqsayapti va aynan shu holat bo'yicha ham ko'proq mashg'ulot olib borish lozim”, deydi Nevill.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar