So’nggi yangiliklar

13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   0 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  3 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  10 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  10 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  23 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1

Gari Nevill: “Liverpul” 18 oydan buyon chempionlarga xos futbol namoyish etmoqda” Yangiliklar

Gari Nevill: “Liverpul” 18 oydan buyon chempionlarga xos futbol namoyish etmoqda”

“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Gari Nevill joriy mavsumda “Liverpul”ning APL chempionligi uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.

“CHempionlar ligasini yutish, avvalgi mavsumda finalga qadar etib borish va so'nggi turlarga qadar “Manchester Siti”ni taqib etish uchun o'zgacha jamoa bo'lish lozim.

“Liverpul” so'nggi 18 oydan buyon chempionlarga xos o'yin namoyish etmoqda. Ha ular bu imkoniyatni qo'ldan chiqarishlari mumkin, ha, “Siti” yana peshqadam bo'lishi mumkin... Hattoki “CHelsi” va “Lester”dan favqulodda “sakrash”ni kutish mumkindir. Ammo bularning amalga oshishi ehtimoli juda kam.

“Liverpul” uchun eng katta qo'rquv – Mane, Salah yoki van Deyk singari etakchi futbolchilarning jarohat olib maydondan uzoqda qolishidir. Agar bu futbolchilaridan kamida ikki nafari ikki oyga safdan chiqsa, xuddi “Siti”da Laporta bilan bog'liq vaziyatga o'xshab, buni katta muammo deb aytish mumkin bo'ladi.

Ammo “Liverpul” bu mavsum APL g'olibligi uchun asosiy favorit. Bu faqat jamoalar orasidagi 9 ochkolik farqda emas. Mersisaydliklar ushbu sovrin uchun bir necha yillardan buyon katta poydevor qo'yib kelishmoqda va joriy mavsum yakuniga ko'ra ular va nihoyat maqsadlariga erishishlari mumkin”, deydi Nevill.

APL 12-turidan keyin  “Liverpul” 34 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi “Lester” peshqadamdan 8 ochko ortd qolmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика