Gari Lineker: "Nunu "Tottenxem"ni rad etgan 483-odam"
28 iyu 2021 19:20
Yangiliklar
Gari Lineker: "Nunu "Tottenxem"ni rad etgan 483-odam"
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker "Tottenxem"da murabbiy muammosi bilan bog'liq vaziyat haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Londonliklar murabbiy topa olishmayapti, ular ilgariroq Antonio Konte, Paulu Fonseka va Jennaro Gattuzo bilan kelisha olmagan.
"Nuno Eshpiritu Santu "Tottenxem"da ishlashdan voz kechgan 483-odam bo'ldi. SHu bilan birga, men o'z ishini yaxshi ko'radigan odam bilan ishlagan bo'lardim.
Klubga Yurgen Klinsmann mos keladi: xarizmatik, aqlli, tajribali, sobiq futbolchi va muxlislarning sevimli murabbiyi", deb yozadi Lineker o'z tvitterida.
Malumot uchun, Klinsmann Germaniya va AQSH terma jamoalari hamda "Bavariya" va "Gerta" klublariga ustozlik qilgan. Futbolchi sifatida "Tottenxem" tarkibida 1994–1995 yillarda, shuningdek, 1998 yilgi mavsumda to'p tepgan.
Fikrlar