Garet Beyl professional golf turnirining birinchi kunidan so'ng 18-o'rinda turibdi
04 fev 2023 01:21
Yangiliklar


Garet Beyl professional golf turnirining birinchi kunidan so'ng 18-o'rinda turibdi
Sobiq futbolchi yangi sport turida ham o'zini yomon ko'rsatmayapti.
"Real Madrid" klubi sobiq futbolchisi Garet Beyl professional golf turnirida debyut qildi. Sobiq futbolchi AQSHda o'tkazilayotgan AT&T Pebble Beach Pro-Am turnirida qatnashmoqda.
Beyl ushbu masobaqada amerikalik professional golfchi Jozef Bramlett bilan birga juftlikda harakat qilmoqda. Musobaqaning birinchi kunidan so'ng Beyl va uning sherigi 18-o'rinni egallab turishibdi.
Uelslik sportchi golf to'pini so'nggi nuqtaga tushirishga umumiy hisobda 65 ta zarba sarfladi.
Malumot uchun, ushbu musobaqada professional sportchilardan tashqari 156 nafar havaskor qatnashmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar