So’nggi yangiliklar

11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  3 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  10 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  2 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  12 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  4 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  6 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  50 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  2 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1

Garet Beyl: “Kelasi mavsum Madridda qolaman” Yangiliklar

Garet Beyl: “Kelasi mavsum Madridda qolaman”

“Real”ning uelslik yarim himoyachisi Garet Beyl uchun mavsum oson kechmadi. U bazi muammolarga duch kelib, jamoasi g'alabaga erisha olmadi.
“The Sun” nashriga bergan intervyusida u o'tgan mavsum yakunlari va boshqa holatlar borasida savollarga javob qaytardi.

- Premer-ligaga qaytishingiz haqida gap-so'zlar yuribdi.
- Madridda keyingi mavsum ham o'ynayman. Biz CHempionlar ligasida finalga chiqa olmaganimizdan afsusdamiz. Keyingi yil yana uni yutishga harakat qilamiz. Barcha sovrinlarga ega chiqish uchun 100 foiz kuchimizni ishga solamiz. Umid qilamanki, biz muvaffaqiyatlarga erishamiz.

- “Bernabeu”dagi tanqidlarga qanday munosabatdasiz?
- Nimalarga qodirligimni tushunaman va qachon yaxshi ishlashimni bilaman. O'z saviyamdan past o'ynaganimda uni tuzatish uchun barcha masuliyatni zimmamga olaman. “Real”da o'ynayotganda hamisha yangi narsalarni o'rganib borish lozim. Haligacha katta klubga o'ynashga ko'nikib boryapman. Yaxshi va yomon lahzalar men uchun katta tajriba bo'ldi. Mavsumning ko'p qismida yaxshi o'ynadik, biroq Rojdestvodan keyin qiyin davrni boshdan kechirdik.



- Ushbu mavsumda nima ro'y berdi?
- Mavsumni yaxshi o'tkazdik, alo emas. Evropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdik. Biroq bu erda hamisha La liga va CHempionlar ligasida zafar quchishingga umid qilishadi. Eng muhimi, biz oxirigacha kurashdik va taslim bo'lmadik. Biroq bazan yutqazishga ham to'g'ri keladi.

- Sizga nima etishmadi?
- Men mavsumdan rohatlandim va umuman olganda yaxshi o'ynadim. Balki, ko'p gol urmagandirman, lekin shuning ustida ishlayman va ko'proq gol urishga intilaman. Mavsum yakunlandi va hujumlarni yakunlash ustida ishlashim kerak. Odatda bu menda yaxshi ko'rinish oladi, biroq bu mavsumda qator muhim vaziyatlarda to'p kirita olmadim. O'sha holatlarda gol urishim shart edi. Yaxshi va yomon mavsum o'rtasidagi farq aynan shunda. Kamchilikni tuzatish ustida ishlayman va umid qilamanki, kelajakda men ulardan foydalanib, kundan-kunga yaxshiroq o'ynayotganimni his qilaman.



- “Real”ga o'tib to'g'ri qilganmisiz?
- Bu erga boshqacha o'yin uslubini tushunish va yangi narsalarni o'rganish uchun o'tganman. Hozirgacha o'rganmoqdaman. Faoliyatimdagi eng yaxshi yillar oldinda va jarohatlar meni chetlab o'tishiga umid qilaman. Kelajakka umid bilan boqaman. Ko'ramiz, nimalarga qodir ekanman.

- Kumiringiz Giggz singari CHempionlar ligasini 2 marta yutish orzuingizmi?
- Albatta. Istalgan futbolchidan so'rang va u sizga imkon boricha ko'proq kuboklarni yutishni istashini aytadi. Nima uchun oldimga yuqori maqsadni qo'ymayman? Aynan shu sababli “Real”ga kelganman – sovrinlarni yutish. CHempionlar ligasidan muhimroq narsa yo'q. “Bernabeu”dagi muhit CHempionlar ligasi o'yinlarida ajoyi darajada. Muxlislar bizni o'yin davomida qo'llab turishadi. Har bir teginish va golli vaziyatda ular shovqin hosil qilishadi.



- Eng yorqin xotira “Desima” bilan bog'liqmi?
- Klub meni “Desima”ni yutish uchun qo'shib oldi va orzum birinchi mavsumdayoq amalga oshdi. Men CHempionlar ligasi g'olibi bo'lganimni aytishim mumkin.


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика