So’nggi yangiliklar

16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  0 15:38Роналду – энг яхши!  5 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  7 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  7 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  28 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  4 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  4 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0

G'arbliklar Eronni guruhda "ko'mib" ketmoqchi. "B" guruhi intrigalari Yangiliklar

G'arbliklar Eronni guruhda "ko'mib" ketmoqchi. "B" guruhi intrigalari

Siyosiy olamda AQSH – Eron kelishmovchiklari haqida bilasiz. Ammo bu bugun bo'lib o'tadigan "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan o'yinga qay darajada tasir qiladi?

Yuqoridagi savolga bir necha soatdan so'ng javob olishimiz mumkin. 

Eron – AQSH (00:00 "Mahalla"/Match TV)

Uels – Angliya (00:00 Sport TV/Futbol 1)



Bir hamkasbimizning "Mundial studiya" efirida takidlashicha, g'arb davlatlari o'zaro kelishgan holda Eronni guruhda "ko'mib" ketmoqchi. Bu fikrga unchalik qo'shilmagan bo'lardim. To'gri, angliyaliklarning Eron va AQSH bilan ikki xil o'yin o'tkazgani shubhalarni uyg'otishi tabiiy, ammo guruhga nazar tashlaydigan bo'lsak, vaziyat jiddiy. Hattoki so'nggi pog'onada ketayotgan Uels termasida ham imkoniyat saqlanib qolgan. 



Angliya keyingi bosqichda kuchsizroq raqibga ro'baro' kelishi uchun guruhdagi o'rnini saqlab qolishga intiladi. Buning uchun esa autsayder Uels termasi mag'lub qilinsa bas. Qitadoshlarimiz esa Amerika Qo'shma SHtatlari bilan o'yinda kamida durang qayd etishlari lozim. Eronliklar mundialga g'alati kayfiyatda etib kelishdi. Bilishimizcha, terma jamoa azolari va rahbarlar orasida kelishmovchiliklar bor. Katta ehtimol birgina Keyrush futbolchilarga motivaciya berayotgan bo'lsa kerak. Eron o'tgan tur Uels bilan o'yinda iroda ko'rsata oldi. AQSH esa yulduz futbolchilar faktori etiboridan o'yinda favorit sifatida qaralmoqda. 



Jamoalar bungacha ikki bor to'qnash kelishgan. Mundial-98 da qitadoshlarimiz 2-1 hisobida zafar quchishgan, 2000 yilda bo'lib o'tkan o'rtoqlik o'yinida murosa ko'chasi tanlangan. Uchinchi to'qnashuvda qaysi tomon g'olib bo'lishini bir necha soatdan so'ng bilib olamiz.

Sizningcha, "B" guruhidan qaysi jamoalar keyingi bosqichga yo'l olishadi?


Jaloliddin Xalilov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика