So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Gana O'zbekistonga "B"dan pastroq tarkibda kelganmi? Yangiliklar

Gana O'zbekistonga "B"dan pastroq tarkibda kelganmi?

Xabaringiz bor, 26 mart kuni Namanganda O'zbekiston MTJ navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Gana mazkur bahs uchun mahalliy chempionatdagi jamoalardan yig'ilgan futbolchilarni O'zbekistonga olib keldi.

Qaydnomadan joy olgan 20 futbolchiga qaraydigan bo'lsak, ulardan faqatgina 2 nafari – himoyachi Kristofer Nakay Nettey va yarim himoyachi Jastis Bley asosiy jamoada oz bo'lsa ham o'yin amaliyotiga ega bo'lganini ko'rish mumkin. Ro'yxatdagilarning qolgani esa asosan yosh futbolchilar hisoblanadi. Qizig'i, tarkibda Gana Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Karela”dan atigi bir futbolchi (hujumchi Diavizi Teylor) jalb qilingan.

Yaqinda IFFHS portali milliy chempionatlarning yangi reytingini elon qilgandi. Unga ko'ra, O'zbekiston Superligasi 48-o'rindan joy olgan, Gana birinchiligi esa TOP-80'ga ham kiritilmagan edi. Bu esa oradagi farq sezilarli darajada ekanligini bildiradi.

Endi savol tug'iladi: bo'lajak o'yin Vadim Abramov shogirdlariga foyda beradimi yoki Ganaga? 

Gana 2 xil termadan tashkil topgan. Birinchisi asosiy jamoa hisoblanadi va yuqori darajadagi musobaqalarda qatnashishi ko'zda tutilgan. Ikkinchisi esa “A” jamoasi (laqabi - "mahalliy qora yulduzlar") bo'lib, u milliy chempionatdagi etakchi futbolchilardan yig'ilgan va qita miqyosidagi turnirlarda ishtirok etadi. Uning bosh murabbiyi 43 yoshli Ibrohim Tanko va u asosiy terma ustoziga yordamchi sifatida ham faoliyat olib boradi. Yuqoridagi malumotlarga asoslanib, Tanko O'zbekistonga 3-daraja (balki undan pastroq)dagi “B” termasi bilan tashrif buyurgani malum bo'lmoqda. 

Darvozabonlar:

Jozef Addo "Aduana" jamoasida o'ynaydi (30 yosh) – asosiy terma jamoada maydonga tushmagan

Richard Atta "Xarts" (25 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Uilyam Essu "Vijen" quyi divizion klubi darvozaboni (18 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Himoyachilar:

Kristofer Nakay Nettey "Asente Kotoko" (22 yosh) – termada 1 ta o'yin o'tkazgan

Ibrohim Imoro "Asente Kotoko" (21 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Yusuf Mubarik "Asente Kotoko" (25 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Josef Ajey "Legon" (25 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Konadu Yiadom VAFA (20 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Dennis Korsa "Ebusua" (25 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Samuel Abbi-Eshi Kuey "Greyt Olimpiks" (19 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Yarim himoyachilar:

Jastis Bley "Medeama" (29 yosh) – termada 4 ta o'yin o'tkazgan

Moro Salifu "Bechem Yunayted" (22 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Rashid Nortey "Medeama" (25 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Mishel Otou "Greyt Olimpiks" (23 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Maksvell Kuae "Greyt Olimpiks" (23 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Agenim Boateng "Drims" (24 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Hujumchilar:

Deniel Afriye "Xarts" (19 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Persey Boa "Drims" (18 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Kvame Prepra "King Faysal" (20 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

Diavizi Teylor "Karela" (21 yosh) – terma jamoada maydonga tushmagan

GANA PREMER-LIGASI TURNIR JADVALI

 “Asente Kotoko” – 3 futbolchi jalb qilingan

"Greyt Olimpiks" – 3

"Drims" – 2

"Medeama" – 2

"Xarts" – 2

“Aduana” – 1 

"Bechem Yunayted” – 1

VAFA – 1 

 “Karela” – 1

"King Faysal" – 1

 "Legon" – 1

"Ebusua" – 1

"Vijen" quyi divizion – 1


Eldor Akmurzaev tayyorladi

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: -69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика