Gana bosh murabbiyi: "Menimcha, darvozamiz tomon penalti qo'yilmasligi kerak edi"
25 noy 2022 13:39
Yangiliklar
Gana bosh murabbiyi: "Menimcha, darvozamiz tomon penalti qo'yilmasligi kerak edi"
Gana terma jamoasi bosh murabbiyi Otto Addo JCH-2022 doirasidagi Portugaliyaga qarshi o'yinda (2:3) jamoasi zarariga belgilangan penaltidan norozi bo'ldi.
"Menimcha, bu qoidabuzarlik uchun darvozamiz tomon penalti qo'yilmasligi kerak edi. O'sha vaziyatni hamma ko'rdi. Bu tartibsizlik.
SHunga qaramay, so'nggi daqiqalarda ham qulay imkoniyatlarga ega bo'ldik. O'yindan faxrlanaman deb ayta olmayman, chunki bizda hali ochko mavjud emas. Endi qolgan ikkita o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak", – dedi murabbiy.
Gana termasi 28 noyabr kuni ikkinchi turda Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.
Fikrlar