Gamshik "Fiorentina"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
08 noy 2014 21:50
Yangiliklar
Gamshik "Fiorentina"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Napoli" futbolchisi Marek Gamshik yakshanba kuni A Seriya o'yinlarigacha jarohatidan forig' bo'lmaydigan ko'rinadi.
Futbolchining so'zlariga qaraganda, u shamollash tufayli jamoa bilan mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etmagan. Aynan kasallik sababli Gamshik Evropa Ligasi doirasida "Yang Boyz"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi.
"Fiorentina"ga qarshi o'yinda shuningdek, Xuan Suniga hamda Michularning ishtiroki ham so'roq ostida turibdi.
Fikrlar