Gameyro: "Valensiya" "Liverpul"dan namuna olishi kerak"
09 may 2019 14:20
Yangiliklar


Gameyro: "Valensiya" "Liverpul"dan namuna olishi kerak"
"Valensiya" hujumchisi Kevin Gameyro "Arsenal"ga qarshi bo'ladigan Evropa ligasi yarim final javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Hisob 2:1 qolganida bizga osonroq bo'lardi. Mehmondagi gol bu bahsda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Nima bo'lishidan qatiy nazar bunga yopishib olmasligimiz kerak. "Liverpul"dan namuna olishimiz lozim" - deydi Gameyro.
"Liverpul" "Kamp Nou"da bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi yarim final ilk o'yinida 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi. "Qizillar" javob uchrashuvida 4:0 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini naqd qilishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar