Galyardo Urugvay terma jamoasini boshqarishi mumkin
29 noy 2021 13:23
Yangiliklar
Galyardo Urugvay terma jamoasini boshqarishi mumkin
"River Pleyt" bosh murabbiyi Marselo Galyardo klubdan ketishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 45 yoshli argentinalik uchun Urugvay terma jamoasi davogarlik qilmoqda.
Mamlakat futbol federaciyasi mutaxassis bilan muzokaralarni boshlagan. SHartnomaning 2024 yilga qadar tuzilishi mumkinligi aytilmoqda.
Galyardo 2014 yildan beri "River Pleyt"ni boshqaradi. Uning qo'l ostida jamoa Argentina chempioni, uch karra mamlakat Kubogi sohibi, shuningdek ikki bor Libertadores Kubogi g'olibiga aylandi.
Fikrlar