Galliani o'z xatosini tan oldi
05 avg 2015 03:01
Yangiliklar


Galliani o'z xatosini tan oldi
"Milan" klubi ijrochi direktori Adriano Galliani qaerda xato qilganini aytib o'tdi.
"Pirloni ketishiga qarshilik qilmaganim va uni qo'yib yuborganim bu mening xatoim. Aybimni tan olaman. Lekin bu qarorni men o'zim emas, balki boshqa sheriklarim bilan qabul qilgandik. Ularni kimligini aytmoqchi emasman", - dedi Adriano Galliani.
Eslatib o'tamiz, "Milan" klubi 2011 yili Andrea Pirloga yangi shartnoma taklif qilmagandi va futbolchi "Milan"ning ashaddiy raqibi "Yuventus" safiga erkin agent sifatida ko'chib o'tgandi. Galliani Pirloning yoshini inobatga olib, unga katta maosh to'lamaslik uchun yangi shartnoma taklif qilmagandi. Aynan Pirlo "Yuventus"ga o'tganidan so'ng turinliklar ketma-ket 4 yil chempionlikni qo'lga kiritishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar