So’nggi yangiliklar

20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  21 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  8 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

"G'allaorol" futbolchisi: “Xorijdan taklif bor" Yangiliklar

"G'allaorol" futbolchisi: “Xorijdan taklif bor"

Teglar :  Elbek Imomnazarov
Xabaringiz bor, birinchi liga o'yinlari yakuniga etdi va ayni damda tatilga chiqdi.

Jizzax viloyatining “G'allaorol” jamoasi ham birinchi liga bahslarida munosib ishtirok etdi. Bugun “G'allaorol” futbol klubi vakili ixtidorli Elbek Imomnazarov bilan suhbat qilishga qaror qildik.

- Elbek, futbolga kirib kelishingiz qanday  bo'lgan va birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?
- Aslida futbolga kirib kelishimga onam sababchi bo'lganlar. Yoshlaligimdan mahallada o'rtoqlarim bilan futbol o'ynab yurardim va millonlar o'yiniga befarq emas ekanligimni onam sezdilar. Ko'p o'tmay onam meni futbol maktabiga olib bordilar va u erda Dilshod Hasanov qo'l ostida futbol sir asrorlarini  o'rgandim. Hozirgi kunda nafaqat katta futbol balki futzal bahslarida ham ishtirok etaman.

- Bu yil siz “G'allorol” jamoasi safida to'p tepdingiz. Mavsum siz uchun qanday o'tdi va o'z o'yiningizdan qoniqdingizmi?
- Bu yilgi mavsum har domgidan ham qizg'in ruhda o'tdi. Yuqori o'rindagi jamoalar chempionlik uchun kurashdilar. Oxirgi o'rindagi jamoalar esa jon saqlab qolish uchun intildilar. Ko'p uchrashuvlar keskin ruhda o'tdi. Birinchi liga jamoasi safida o'ynash onson emas. O'yin davomida keskin kurashlar ko'p bo'ladi va natija har doim ham biz xoxlagandek bo'lmaydi. O'z o'yinimdan qoniqdimmi?Xato kamchiliklar hammada bo'ladi. Oz muncha qoniqish his qildim. Eng asosiysi har doim o'yin amaliyotiga ega bo'ldim.

- Elbek,jamoaningizni qoniqarsiz natijalar ham kuzatildi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?
- Birinchi davradagi qoniqarsiz natijalardan so'ng klub  rahbarlari jamoani tubdan yangiladi. Eski jamoadoshlarimdan 3-4 nafar bo'lib qoldik. CHempionatni asosan yoshlar bilan tugatdik. Ko'nikib ketishimizga ham vaqt ozlik qildi.

- O'zbekiston Futbol Federaciyasining oliy ligada 12 jamoa qolishiga  va birinchi ligada 24 yoshgacha  bo'lgan futbolchilar ishtirok etshiga qanday munosabat  bildirasiz.
- Menimcha, malakali futbol mutaxassislari o'rganib chiqib va bir qarorga kelishgan. 12 jamoa qolishi esa juda to'g'ri qaror. Elitadagi o'yin va raqobat kuchayadi va chempionat saviyasi yanada oshadi deb o'ylayman. Birinchi ligada faqat 24 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'ynashi bu yaxshi ammo, bu alohida chempionat emas yoshlar ligasiga uxshab qoladi. 24 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'z jamoasini oliy ligaga olib chiqishi kerak. Bu vazifani uddalash juda qiyin.  Buning uchun ularga tajribali futbolchilar  kerak bo'ladi.

- Kelajakdagi rejalaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Ayni paytda bizda mavsum yakunlanganligi bois bu haqida jiddiy o'ylab ko'rganim yo'q. SHunday bo'lsa-da, bir ikkita takliflarim bor. Hozirda Sibir klublaridan takliflarim bor. O'ylab ko'rib bir qarorga kelaman.

- Mazmunli suhbatingiz  uchun tashakkur bildiraman.
- Sizga ham rahmat. SHu o'rinda barcha jizzaxlik futbol muxlislariga, mavsum davomida “G'allaorol” jamoasining o'yinlariga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

Dildora Xolboeva
Jizzax shahridan maxsus

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика