So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

G'alati murabbiy Yangiliklar

G'alati murabbiy

Yoaxim Lyovning qarorlari doim g'alati va kutilmagan bo'ladi.

Germaniya terma jamoasining yakuniy tarkibi elon qilingach barcha lol qoldi. Ko'pchilikni Leroy Sane qani, degan savol qiynamoqda. SHu qatorda meni ham. APL chempioniga aylangan "Manchester Siti"ning asosiy figuralaridan biriga aylanishga ulgurgan Leroy Sane ajoyib mavsumni o'tkazdi. Sane joriy mavsumda gol+pas ko'rsatkichi bo'yicha 33 ochko to'pladi. Germaniya terma jamoasidagi hech bir futbolchi bu natijani qayd etmagan. Lekin Yoaxim Lyov ushbu vingerni mundialga olib ketmadi. Juda g'alati.

Lekin ko'pchilik uchun kutilmagan qaror aslida kutilgan, desam to'g'riroq bo'ladi. Har holda bu kabi syurpriz bo'lishini kutgandim. Kecha Lyov ertaga yakuniy tarkibni elon qiladi, deyilganda, kim yakuniydan tushib qolarkan, deya uzoq o'ylandim. Kengaytirilgan tarkibga kiritilgan 27 nafar futbolchilardan to'rt o'yinchi qolib ketishi malum edi. Nomzodlar qatorining tepasidagi "to'rtlik" borasida deyarli aniq taxmin mavjud edi: Darvozabon Trapp (PSJning ikkinchi darvozaboni), Jonatan Ta ("Bayer" himoyachisi), Sebastyan Rudi ("Bavariya"ning zaxira o'yinchisi) va Nils Petersen ("Frayburg" hujumchisi).

Ushbu taxminlarning faqat ikkitasi o'zini oqladi. Markaziy himoyachi Jonatan Ta va hujumchi Nils Petersen kutilganidek JCHga bormaydi. Ammo Sane bilan bir qatorda darvozabon Bernd Lenoni yakuniy ro'yxatga kiritilmagani qiziq bo'ldi. Har holda Leno Trappga nisbatan terma jamoadan muqim taklif oladigan va mavsumni juda yaxshi o'tkazgan darvozabon. Trapp esa PSJda o'z joyini Areolaga bo'shatib qo'ygan. Ammo Lyov Noyerga qo'shib yana bir o'yin amaliyotisiz qolgan darvozabonni tarkibda qoldirdi. Mayli, darvozabon masalasi unchalik muhim ahamiyat kasb etmaydi. Noyer safga qaytdi va birinchi raqam bo'yicha hech qanday savol yo'q. Ter SHtegen garchi ajoyib mavsumni o'tkazgan bo'lsada, JCHda Noyerni zaxira varianti sifatida ishtirok etadi. Uchinchi kiper Leno yoki Trapp bo'lishi hech qanday ahamiyat kasb etmasligi mumkin.


Leroy Saneni tushib qolishi hech kimni hayoliga kelmagan qaror. Biroq Lyov o'z odatiga sodiq qoldi. Ha, Lyovning g'ayri-tabiiy qarorlari doim bo'lgan va bundan keyin ham shundayligicha qolishiga shubham yo'q. O'z vaqtida Germaniyada porlagan va gullagan "Bayer" hujumchisi Kisslingni terma jamoaga jalb etmay tanqidlar girdobida qolgan Lyov bunga parvo ham qilmagan. Kisslingni shaxsiy munosabatlar tufayli chaqirmasligini ham inkor etmagan. Yoki JCH-2010da tarkibni keskin yoshartirib yuborib, ayni mundialda avlodlar almashuvini o'tkazgan Lyovni JCH oldidan chiqargan qarorlari katta muhokamalarga sabab bo'lgandi. Juda katta tavakkalga qo'l urganligi aytilgan Lyovning o'sha tavakkali keyinchalik barchani lol qoldirgan. Nemis mashinasi JCH-2010da ajoyib o'ynagan va yarim finalga qadar etib borgani haqiqiy syurprizga aylangan. JCH-2014da esa o'sha 4 yil avvalgi tavakkal va Lyovning antiqa qarorlari o'z mevasini bergandi. Hatto Braziliyadagi mundialda ham Lyovning o'z erkatoylarini JCHga olib ketganlikda ko'p bong urilgan. Lekin Lyov o'yin amaliyotisiz qolgan Lukash Podolskini jamoa muhitiga tasirini o'ylab olib ketib, amalda xato qilmaganini yana bir bor isbotlagan. Yoki qariya Klozega ham ishonch bildirganiga va Miroslavni Braziliyada o'tgan mundialda Ronaldo vatanida JCH rekordini yangilagani barchani yodida.

Lyov tabiatdan shunday qaysar, o'jar va g'alati qarorlar chiqaruvchi murabbiy. Lyovning futboldagi o'ziga xos qarashi va hech bir murabbiyda yo'q imzosi mavjud. Lyov kimdan qay maqsadda foydalanishni biladigan dono. Kerak paytda o'yini chiqmay qolishiga qaramasdan ichki muhit uchun Podolski yoki SHvaynshtaygerni olib ketadi. Yoki zaxiradan o'yinni kuchaytirish uchungina SHyurrleni mundialga olib ketishga qaror qila oladi. Garchi og'ir va uzoq tanaffusdan keyin endigina safga qaytgan Noyerni mundial oldidan birinchi raqam bo'ladi, deya malum qilishdan cho'chimaydi.

Noyer uchun o'rtoqlik uchrashuvlari yoki nazorat bahslari o'tkazish va ularda atayin himoyani bo'shroq o'ynatib darvozabonni chiniqtirib olishdan tap tortmaydi. Masalan Avstriyaga qarshi o'yin butun jamoa qandaydir taktik sxema yoki uslubni ko'zdan kechirish uchun emas, balki Noyerni holatini tekshirib olish uchun xizmat qildi. Yoki Germaniya yoshlariga qarshi nazorat bahsida Noyer atayin yoshlar tarkibida terma jamoaga qarshi turdi. "Barselona"da super mavsumni o'tkazgani bong urilayotgan Ter SHtegen esa nemis mashinasining zaxira g'ildiragi ekanligini his etishga majbur. Matbuot va ko'plab mutaxassislar Lyov  Noyerga ishonib juda katta tavakkalga qo'l urayotganini takidlashdan charchashmayapti. Lekin Lyov bularga parvo qilmaydi. U o'z ishini qilaveradi. Juda g'alati murabbiy.

Leroy Sane mavzusi bugun rosa tutaydi. Nega u yo'q, qani Sane? Nahotki degan so'zlar yangrashi, tvitterda Sane nomi trendda chiqib ketishi Lyovni umuman qiziqtirmaydi. Lyov bu tanqidlar yoki etirozlarga javob berishdan ko'ra, o'yin va natija orqali ularni jim qilishni xush ko'radi. CHunki Lyov matbuotda chertib gapirishdan ko'ra natija ko'rsatishni yaxshiroq eplaydi. SHu boisdan ham Lyov har doim katta turnirlar oldidan GFI bilan o'rtadagi bitimni uzaytiraveradi.

Tan olish kerak, Germaniya yoaxim Lyov qo'l ostiga o'tganidan buyon avlodlar almashuvini ortiqcha talofatlarsiz juda silliq o'tkazishni odat qildi. Katta turnirlarda natija ko'rsatishni yoddan chiqarmayapti. To'g'ri, jamoa o'tgan Evroda chempion bo'lolmadi. Ammo har qanday katta turnirlarni doim sovrindor sifatida yakunlash nemis mashinasi uchun odatga aylandi. 

Lyovda minimalizm va maksimalizm o'rtasidagi farq juda qisqa - yarim final va final.

Leroy Saneni tarkibdan tushib qolishi bugunning kutilmagan qarori. Lekin Germaniya terma jamoasi uchun bu katta yo'qotish bo'lmadi. Saneni JCHda o'ynamasligi mundial uchun yo'qotish. CHunki JCHda yosh iqtidorlar kollekciyasida Mbappe, Dembele, Reshford, Jezus, Verner va Sane etirof etilayotgandi. Sane ulardan biri sifatida Rossiyadagi Jahon chempionatida porlashi kutilayotgandi. Lyovning bugungi qarori Germaniyaning mundialdagi imkoniyatini pasaytirishdan ko'ra mundialdagi umidlarni puchga chiqardi.

Sane hech qachon nemis mashinasining asosiy futbolchisi bo'lmagan. Hatto Lyov o'tgan yili Rossiyada o'tgan Konfederaciyalar kubogida olib ketgan yoshartirilgan tarkibda ham Sane asosiy futbolchi bo'lolmagan. Sane shu kunga qadar Germaniya terma jamoasida 12 uchrashuvda ishtirok etib, bor-yo'g'i birgina golda qatnashgan. Lyov azaldan Saneni asosiy "qurol" sifatida ishlatmagan. Sinalmagan "qurol"dan foydalanishdan ko'ra o'zining yoqimtoyi Draksler va JCH hamda Evropa chempionatini jarohati tufayli o'tkazib yuborgan Marko Roysni mundialda o'ynatishni maqul topdi. Roys masalasi tushunarli, Marko ikkita yirik turnirni ketma-ket alamli tarzda o'tkazib yubordi. Draksler esa PSJda garchi asosiy figura hisoblanmasada, ammo Lyovning sxema va falsafiga mos tushadigan futbolchi. Sane Lyovning kelajakdagi rejalaridan o'rin olishi shubhasiz. Ammo hozir emas.

Sanega hurmatni saqlagan holda shuni aytish mumkinki, Sanening iqtidoridan ko'ra Lyovning murabbiylik salohiyatiga ko'proq ishonaman.

Germaniya yana Braziliyadagi natijani takrorlashi qanchalik haqiqatga yaqin yoki qiyin, bu ikkinchi masala. Ammo Sanening yo'qligi nemis mashinasi g'ildiraklaring yurishiga qattiq tasir ko'rsatmaydi. Va nemis mashinasi har qanday holat va tarkibda ham g'oliblik uchun asosiy davogarlar qatorida tilga olinadi. CHunki bunga Germaniya terma jamoasi o'z o'yinlari va natijalari bilan boshqalarni majbur qila olgan. CHunki Lyov g'alati qarorlari bilan natijaga eltuvchi yo'lni qisqartira oladi. Bu gal nemis mashinasining Rossiya yo'llaridagi sayohati qanday bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.


Tarkib

Nemis mashinasidagi 23 futbolchidan uch nafari darvozabon. Noyer 1-raqam. SHtegen zaxira varianti va rezerv Trapp. Himoya markazi jarohatidan tiklanayotgan Boateng va Xummels tandemi orqali quriladi. Ularga zaxira sifatida Zyule va Ryudiger o'z navbatini kutadi. O'ng qanotda yana bir "bavariyachi" Kimmix, chap qanot himoyachi Xektorga ishonib topshiriladi. Kimmixning alternativi Ginter bo'lsa, Xektorni zaxirasi Plattenxardt hisoblanadi. Tayanch va markazda Xedira (Gyundogan) hamda Kroos (Rudi) bog'lami ishlaydi. Hujumga yaqin nuqtadan Mesut O'zil (Gorecka) o'rin oladi. O'ng qanot hujumkor vingeri sifatida Lyov Myuller (Brandt) tanlovidan foydalanadi.  CHap qanot vingerida Roys va Draksler tanlovi mavjud. Markaziy hujumda esa Timo Verner hamda Mario Gomez xizmatlaridan foydalaniladi.

Endi boshqa bir jihatga etibor qaratamiz, Rossiyadagi JCHda Germaniya terma jamoasi bilan 2006 yilgi mundialda ishtirok etgan futbolchilardan hech kim yo'q. Bu yilgi mundialni nemis mashinasi Lyov jamoaga kelganidan so'ng chaqiruv olgan futbolchilar bilan o'tkazadi.

Rossiyadagi mundialda Germaniya terma jamoasi safidagi 13 futbolchi JCHdagi debyutini o'tkazadi. Yana 6 nafar futbolchilar uchun bu yilgi JCH ketma-ket uchinchi mundial bo'ladi. Qolgan to'rt futbolchi uchun esa Rossiyadagi futbol festivali faoliyatlaridagi ikkinchi mundial hisoblanadi. Nemis mashinasida 9 nafar futbolchi (Noyer, Boateng, Xummels, Ginter, Draksler, Xedira, Kroos, O'zil, Myuller) amaldagi Jahon chempionlari hisoblanishadi.


Germaniya terma jamoasining JCH-2018dagi ro'yxati:

Darvozabonlar:
Manuel Noyer ("Bavariya") - JCH-2010, JCH-2014
Mark-Andre ter SHtegen ("Barselona", Ispaniya) * debyut
Kevin Trapp (PSJ, Franciya) * debyut

Himoyachilar:
Jerom Boateng ("Bavariya") - JCH-2010, JCH-2014
Mattias Ginter ("Borussiya" Myonxengladbax) - JCH-2014
Yonas Xektor ("Kyoln") * debyut
Mats Xummels ("Bavariya") - JCH-2014
Yozua Kimmix ("Bavariya") * debyut
Marvin Plattenxardt ("Gerta") * debyut
Antonio Ryudiger ("CHelsi", Angliya) * debyut
Niklas Zyule ("Bavariya") * debyut

Yarim himoyachilar:
Yulian Brandt ("Bayer") * debyut
Yulian Draksler (PSJ, Franciya) - JCH-2014
Sebastyan Rudi ("Bavariya") * debyut
Leon Gorecka ("SHalke-04") * debyut
Ilkay Gyundogan ("Manchester Siti", Angliya) * debyut
Sami Xedira ("Yuventus", Italiya) - JCH-2010, JCH-2014
Toni Kroos ("Real", Ispaniya) - JCH-2010, JCH-2014
Marko Roys ("Borussiya" Dortmund) * debyut
Mesut Ozil ("Arsenal", Angliya) - JCH-2010, JCH-2014


Hujumchilar:
Tomas Myuller ("Bavariya") - JCH-2010, JCH-2014
Mario Gomes ("SHtutgart") - JCH-2010
Timo Verner ("RB Leypcig") * debyut

Muallif :
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика