"Galatasaroy" "Liverpul" futbolchisini kuzatmoqda
26 mar 2020 15:07
Yangiliklar


"Galatasaroy" "Liverpul" futbolchisini kuzatmoqda
Joriy mavsum Jerdan SHakiri uchun Liverpuldagi so'nggisi bo'lishi mumkin.
Mersisaydliklar mavsum yakunlangandan so'ng o'yinchini transferga qo'yish imkoniyatlarini o'rganishmoqda.
O'yinchi uchun muzokaralarga "Galatasaroy" kirishishga tayyor. Klub shveycariyalikni anchadan buyon kuzatmoqda. Turklar hattoki qishda futbolchini ijaraga olmoqchi ham edilar, ammo "Liverpul" rad javobini bergan.
Istanbulliklar hozirda sotib olish huquqi bilan o'yinchini ijarga olmoqchilar.
28 yoshli xavbek joriy mavsum "qizillar" tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar