Turkiya Superligasi. O'n kishi bo'lib qolgan “Istanbul Bashakshexir” mehmonda “Galatasaroy”ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi, Shomurodov 70 daqiqa o'ynadi
14 mar 23:57
Yangiliklar
Turkiya Superligasi. O'n kishi bo'lib qolgan “Istanbul Bashakshexir” mehmonda “Galatasaroy”ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi, Shomurodov 70 daqiqa o'ynadi
Turkiya Superligasi 26-tur doirasidagi "Galatasaroy" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini bo'lib o'tdi.
Mehmonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 70 daqiqa harakat qildi, yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa qaydnomaga kiritilmadi.
O'yinning 56-daqiqasida “Bashakshexir” futbolchisi Festi Ebosele maydondan chetlatildi. Shundan so'ng mezbonlar raqib darvozasiga uch bor to'p kiritishdi. Gollarga Vilfrid Singo (57-daqiqa), Viktor Osimxen (66) va Renato Nxaga (84) mualliflik qildi.
“Galatasaroy” ayni damda Turkiya chempionatida 26 o'yindan so'ng 64 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda “Fenerbaxche” 57 ochko bilan joylashgan. “Istanbul Bashakshexir” esa 42 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar