"Galatasaroy" himoyachisi kasalligini aytib, Maldivga uchib ketdi
30 dek 2018 13:17
Yangiliklar
"Galatasaroy" himoyachisi kasalligini aytib, Maldivga uchib ketdi
"Galatasaroy" himoyachisi Serdar Aziz turk jamoasi rahbariyatini aldashga urindi.
"Sivasspor"ga qarshi Turkiya chempionatining 17-tur o'yini (4:2) oldidan 28 yoshli futbolchi "Galatasaroy" rahbariyatiga oshqozonida muammo borligini aytgan. SHundan so'ng futbolchi davolanish uchun ruxsat so'radi, ammo u davolanish o'rniga xotini bilan Maldivga uchib ketdi. Klubdagilar Aziz aldaganini xotinining "Instagrami"dan bilib qolishdi: U eri bilan tushgan suratni joyladi. Keyinroq "Galatasaroy" rahbariyati Azizni transferga qo'yishga qaror qildi.
Aziz 2016 yildan beri "Galatasaroy"da to'p tepadi. Joriy mavsum u klubning 15ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
22:20
Osimxen rasman ijara asosida turk klubi o'tdi. "Napoli" futbolchini bepulga ijaraga berdi, ammo... 2
Fikrlar