So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  0 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

G'alamis! Yangiliklar

G'alamis!

O'zbek futboli kelishilgan o'yinlardan sezilarli darajada “tozalangani” rost.

Bu yil shu haqida ko'p gapirilyapti, yozilyapti. SHuning natijasi o'laroq oliy ligada keskinlik ortdi. Avvallari medallar haqida o'ylamaydigan klublar yuqori o'rinlarni ko'zlaydigan bo'ldi. “Uy jamoasi”ga aylanib qolgan klublar mehmonda hatto etakchilardan ham ustun kelishning uddasidan chiqyapti. Demak, o'zgarish bor.
 
Kelishilgan o'yinlar bormi?
So'nggi vaqtlarda u jamoa kelishyapti, bu jamoa hakamlar brigadasini “sotib” olyapti, degan gap-so'zlar ko'payib ketdi. Aniqrog'i, urchiy boshladi. Bilasiz, xalq orasida yaxshi gapdan yomon gap tezroq tarqalib ketadi. Avvaliga bir jamoa haqida shunday mish-mishlar tarqalgan bo'lsa, bora-bora gap-so'zlarga qo'shilib qolgan klublar soni ko'payib qoldi. Oldingi yozgan maqolamizda murabbiylar bayonnomaga imzo chekishgani, aslida o'zlariga insof bermasa rasmiy hujjat tugul muqaddas kitoblarni qo'liga berib, qasam ichtirmaysizmi, foydasi yo'qligini yozib o'tgandik. SHuning uchun bu mish-mishlarni eshitgach o'zimiz ham qon bilan kirgan jon bilan chiqar ekanda, deya afsus bilan boshimizni silkitib qo'ygandik. Kuni kecha futbolimizning bir jonkuyari bilan suhbatlashganimizda fikrimiz sal o'zgargandek bo'ldi.

Malum bo'lishicha, jamoalar hakamlarni sotib olayotgani, raqibi bilan kelishuvga erishayotgani haqidagi gap-co'zlarni oliy liga klublarida faoliyat ko'rsatayotgan ayrim murabbiylar urchitayotgan ekan. Nega degan savolga quyidagicha javob oldim: haqiqatdan ham qon bilan kirgan jon bilan chiqadi. SHunday mish-mishlarni urchitish orqali murabbiylarning bir-birlariga bo'lgan ishonchni “buzish”, oralaridagi kelishuvni yo'qqa chiqarish va avvalgidek yana kelishuvlarni davom ettirish ekan. Buni haqiqiy g'alamislik desak, bizni hech kim aybdor qilmasa kerak. U insonlar kimligini ham bilamiz. Lekin xalqimiz ardog'idagi kishilar bo'lganligi uchun, qolaversa, jazoni biz emas, O'FF yoki hukumatimiz berishini inobatga olgan holda oynai jahonga chiqib olib xalqimizni aldaydigan insonlarning hurmatini saqlab qolishni lozim deb topdik. Kuni kecha O'FF binosiga borganimizda shunga guvoh bo'ldikki, federaciya qoshidagi “Kelishilgan o'yinlarga kurashish” qo'mitasi rahbari Ahrol aka Inoyatov shunday gap-so'zlar urchib ketganini inobatga olgan holda murabbiylar bilan uchrashgan, bunday mish-mishlarni tarqatishni to'xtatishlarini talab qilgan. Qolaversa, bu kabi gap-so'zlarni ishonmaslikni ham so'ragan. Fikrimizcha, Ahrol aka bunday yolg'onlarni kim tarqatayotganligini bilgani uchun ham ishonmaslikni talab qilgan.

Yana bir xursand qiladigan xabar shuki, o'sha yig'ilishda yana kim shunday xabarlarni tarqatsa yoki kelishilgan o'yinlarni tashkil qilishni rejalashtirsa, shaxsan Mirabror Usmonovning buyrug'i bilan jazolanishi ham aytib o'tilgan. Jazo deyilganda o'sha inson futbolimizdan butunlay chetlatilishi nazarda tutilgan.

Aslida o'sha gap-so'zlarni tarqatayotgan insonlarning o'zi bir vaqtlar kelishilgan o'yinlarda qatnashgan va hozir yana shuni urfga qo'ymoqchi. Jamoasini shu orqali yuqori o'rinlarga olib chiqmoqchi. Aytgancha, shunday g'alamislik qilayotgan insonlar orasida sobiq jamoasidan istefoga chiqib, bugungi kunda boshqa klubda faoliyat ko'rsatayotgan, avvalgi klubining g'alabalarini ko'ra olmasdan g'alamislikni boshlagan mutaxassislar ham bor. Sal qo'polroq bo'lsa ham aytamiz, hamkasbim Nodirxo'ja Yuldashev takidlaganidek, bunday insonlar milliy matomiz bo'lmish atlasdan ishton kiyib yurishsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Boisi, erkak kishi vada berganidan keyin gapida turishi kerak. Har xil gap-so'zlarni ko'paytirmasdan mardlarcha ishlashi kerak. O'xshatish uchun aytamiz, oilada ayol kishi turli gap-so'zlarni ko'paytirishi, bunga erlarning ishonini yoki ayolini boshqara olmasligi natijasida yosh oilalar buzilib ketayotganligini guvohimiz. Bu ham xuddi shunday. Futbol ham bir oila. Oilani saqlab qolish uchun g'alamislik qilish emas, kurashish kerak. Kurashish erkakchasiga bo'lsin. Raqib jamoa hakamlar brigadasini sotib olganini sezdingizmi, videoyozuv orqali isbotlab bering. PFL to'ladigan 2 million so'mdan qochmangda, aybdorlarni jazolatish harakatida bo'ling. SHu orqali futbolimizni “tozalanishiga” xizmat qiling. O'FF va PFLda hali oz bo'lsa-da, vijdonli insonlar bor. Agar O'FF va PFLdagilar isbotingizni inobatga olmasa yoki hakamlarni jazolab, raqib jamoani ogohlantirmasa, unda OAVga murojaat qiling. Aslida ish bizga murojaat qilishingizgacha etib bormaydi. CHunki federaciyamizdagilar hakamlarni ham, kelishishga uringan murabbiylarni ham jazolab qo'yadi. Ushbu mavsumda 1-ligada bir voqea sodir bo'ldi. Vodiyda Toshkent jamoasi mehmon bo'ldi. Mezbon klub hali mavsumda g'alaba qozonmagan. Mehmonlar chempionat etakchilaridan biri bo'lib turibdi. Xullas, uchrashuv maydon egalarining g'alabasi bilan yakunlandi. O'yinni boshqargan hakamlar brigadasi rostakamiga uchrashuvni “buzib” qo'yishdi. Bu o'yinni bevosita stadionda tomosha qilganimiz uchun aytyapmiz. Biz hakamlar sotib olingan degan fikrdan yiroqmiz, lekin o'yinni qo'ldan chiqarib yuborgani haqiqat. Natijasi shu bo'ldiki, mehmon jamoa murabbiyi o'yin yozilgan diskni PFLga topshirdi. Vaholanki, birinchi ligada reglamentga ko'ra, mezbon klublar o'yin yozilgan diskni 24 soat ichida topshirishi kerak. Aytgancha, o'sha bellashuv nazoratchisi hakamga past ball qo'ydi. Qisqasi, kuni kecha PFL o'sha bellashuvni boshqargan hakamni ham, referiga past ball qo'ygan nazoratchini ham 8ta o'yinga chetlatgan. Hakam va nazoratchilar bir tur dam olib ishlashini inobatga oladigan bo'lsak, bu 16ta o'yin degani. Demak, bu yarim mavsum o'tib ketadi, degani. SHundan xulosa qilish mumkinki, murabbiylar mard bo'lsa, o'ziga ishonsa va futbol qoidalarini juda yaxshi bilsa, PFLga murojaat qilsin. Yurtimizda teng saviyadagi hakamlar ko'p. PFLga saviyasi teng referidan bir nafaridan voz kechish qiyin emas. Hamma ham Ermatov bo'la olmaydi. 

So'zimiz yakunida shuni aytmoqchimiz. Hurmatli murabbiylar, erkak kishisiz, erkaklarcha yo'l tuting. Bunaqa g'alamislik qilmasdan, erkaklarcha ishlaylik. Halollik sari birga qadam tashlaylik!

Furqatbek NISHONOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика