So’nggi yangiliklar

17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  2 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

Prevyu. G'alabasiz 8576 kun yoxud "Surxon" 23 yildan buyon "Nasaf"ni yuta olmayapti Yangiliklar

Prevyu. G'alabasiz 8576 kun yoxud "Surxon" 23 yildan buyon "Nasaf"ni yuta olmayapti

Teglar :  NasafSurxon
9 aprel, yakshanba kuni Coca Cola Superliganing 5-turi doirasida Qarshida "Nasaf" va "Surxon" o'rtasidagi voha derbisi bo'lib o'tadi.

O'ZARO O'YINLAR
"Nasaf" va "Surxon" klublari shu kungacha O'zbekiston yuqori ligasida 24 marta to'qnash kelishgan. Kattagina ustunlik Qarshi klubi tomonida. "Ajdarlar" 19ta bahsda g'alaba qozonishgan. 4ta uchrashuvda durang qayd etilgan va "Surxon" o'z tarixida faqat bir bor "Nasaf"dan ustun kelgan (1999 yil, 10 oktyabr).

24ta o'yinda "Nasaf" 64ta gol urgan bo'lsa, "Surxon" hisobida 17ta gol mavjud.

QARSHIDAGI BAHSLAR

Qarshida o'tgan 12ta uchrashuvning barchasida (!!!) "Nasaf" 3 ochko sohibiga aylangan. Yani "Surxon" o'z tarixida hech qachon Qarshida xattoki 1 ochko ham ololmagan. "Nasaf" maydonidagi o'yinlarda 36ta gol urgan, "Surxon" faqat 1 marta Qarshida to'p kiritgan xolos (1997 yil).

Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'zaro oxirgi oltita o'yin:
"Surxon" - "Nasaf" 0:2
"Nasaf" - "Surxon" 2:0
"Surxon" - "Nasaf" 2:2
"Nasaf" - "Surxon" 6:0
"Nasaf" - "Surxon" 5:0
"Surxon" - "Nasaf" 1:2





HAKAMLAR
O'zbekiston futbol hakamlari markazi bo'lajak uchrashuvga bosh hakam etib Temur To'xtasinovni tayinlagan. VAR hakami sifatida esa Ilgiz Tantashev ishlaydi.

To'xtasinov 2019 yilgi mavsumda bu jamoalarning Qarshida o'tgan uchrashuvida bosh hakam bo'lgan. O'shanda Oybek Bozorov va Humoyun Murtozaevning gollari "Nasaf"ga g'alaba keltirgandi - 2:0.

"Nasaf" - "Surxon"
9 aprel 2023 yil. Qarshi, "Markaziy" stadion. 18:15
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Nikita Mustafin.
VAR: Ilgiz Tantashev.
AVAR: Avaz Abdullaev.
Nazoratchi: Timur Galeev.
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.





BU MAVSUMDAGI NATIJALAR

2023 yilgi mavsumda har ikkala jamoa hozirgacha bir xil ochko to'plagan - 7. "Nasaf" dastlabki turda o'z maydonida "Andijon"ga imkoniyatni boy bergandi. Keyin "Turon" va "Buxoro" mahv etildi. Bundan oldingi turda Navoiyda "Qizilqum" bilan ochkolar bo'lishib olindi.

"Surxon" esa ilk turda OKMKga yutqazgandi, keyin "Andijon" mag'lub etildi, safarda "Turon" bilan durang o'ynadi hamda 4-turda "Buxoro"dan ustun keldi.


MUALLIF TAXMINI
Oldingi natijalarni hisobga olsak "Nasaf" bu bahsda so'zsiz favoritdek. Ammo bu yil "Nasaf"ning natijalari pasaygan, "Surxon"ning natijalari esa yaxshilangan. Bo'lajak bahsda baribir "ajdarlar" kichik hisobda bo'lsa ham g'alaba qozonsa kerak.




Nasaf

Mateus Lima - 29', SHerzod Nasrullaev - 76'

Superliga. 5-tur

09/04/2023, 18:15

2
:
3
Tugadi

Surxon

Silvanus Nimeli - 35', Asadbek Karimov - 62', Artyom Potapov - 66'

45'
90'
29'  Mateus Lima
29'  SHerzod Nasrullaev
60'  Abduvohid Nematov
70'  Azizbek Amonov (Bahrom Abdurahimov)
76'  SHerzod Nasrullaev
87'  Javohir Sidiqov (Sukhrob Nurulloyev)
35'  Silvanus Nimeli
35'  Asilbek Jumaev
62'  Asadbek Karimov
66'  Artyom Potapov
81'  Dostonbek Tursunov (Kamron Saidazimov)
85'  Asilbek Jumaev (Diyor Ramazonov)
90'  Silvanus Nimeli


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика