So’nggi yangiliklar

09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   0 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   0 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   4 07:35ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикаси меҳмони бўлади   7 01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  1 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  5 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  8 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4

G'alabaga haqli "Nasaf" engildi. Berdiev Superkubokdagi xatolarni to'g'riladi, ammo Xyuistradan shoh va mot Yangiliklar

G'alabaga haqli "Nasaf" engildi. Berdiev Superkubokdagi xatolarni to'g'riladi, ammo Xyuistradan shoh va mot

Kecha Coca Cola Superligasida dastlabki turning eng asosiy qarama-qarshiligi bo'lib o'tdi.

Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda muxlislar haqiqiy drama guvohi bo'lishdi. 4 kun oldin O'zbekiston Superkubogida o'zaro bellashgan "Nasaf" hamda "Paxtakor" bu safar ichki chempionat doirasida to'qnash kelishdi.

Nasaf

SHohmalik Komilov - 35', Shokir Yo'ldoshev - 61', Akmal Mozgovoy - 80'

Superliga. 1-tur

10/03/2021, 18:30

3
:
2
Tugadi

Paxtakor

Sardor Rashidov - 72', Ibrohimhalil Yo'ldoshev - 87'

45'
90'
35'  SHohmalik Komilov
61'  Shokir Yo'ldoshev
74'  SHohmalik Komilov
80'  Akmal Mozgovoy
80'  SHohmalik Komilov (Sukhrob Nurulloyev)
83'  ZHo'rabek Mannonov
89'  Shokir Yo'ldoshev (Muhriddin Zoirov)
22'  Abror Ismoilov
40'  Dragan CHeran
46'  Azizbek Turg’unboyev (Xojimat Erkinov)
48'  Egor Krimets
66'  Dragan CHeran (Sharof Muhitdinov)
69'  Xozhiakbar Alizhonov (Ibrohimhalil Yo'ldoshev)
72'  Sardor Rashidov
87'  Ibrohimhalil Yo'ldoshev
87'  Sardor Sobirxo’jayev

Har ikki murabbiy ham o'zining sevimli taktikasidan foydalandi.

"Nasaf" (4-3-3).


"Paxtakor" (4-2-3-1).


Ro'ziqul Berdiev Superkubokdagi xatolarni tuzatdi, ammo...


Berdiev 4 kun oldingi o'yindan kelib chiqib ayrim xatolarni to'g'riladi va bu o'zini oqladi ham.

Birinchi xato. Superkubokda "Nasaf" har uchchala o'zgarishni o'ng qanotdagi o'yinchilarni yangilash uchun sarflagandi. Yani, Sayfiev va Rashidov qanotidagilar ishonchni oqlay olishmagandi. Himoyada ham, hujumda ham. Bu safar bosh murabbiy Superkubokda zaxiradan tushgan uch futbolchini asosiy tarkibga kiritdi. O'ng qanot himoyadan Jo'rabek Mannonov, o'ng qanot yarim himoyadan SHokir Yo'ldoshev, markaziy yarim himoyadan esa SHohmalik Komilov joy oldi. Samarqanddagi o'yinda Marko Stanoevich markaziy yarim himoyaning chaprog'ida, Murod Ho'jamberdiev esa o'ngrog'ida harakat qilgandi. Bu safar "sherlar"ning o'sha qanoti ancha xavfliroq ekanligi inobatga olinib Marko chaproqqa o'tkazildi. Bu yurish o'z so'zini aytdi. Amaldagi chempionlar Sayfiev va Rashidov qanotidan 4 kun oldingidek ko'p vaziyatlar yaratishmadi, aksincha, mezbonlarning har ikkala goli aynan o'ng qanot tomondan kiritildi. Demak, bu borada Berdiev vazifani uddaladi.


Ikkinchi xato. Ikki markaziy himoyachilarning joyi almashtirib qo'yildi. Superkubokda Umar Eshmurodov chaproqda, Husniddin Aliqulov o'ngroqda o'ynagandi. Bu safar esa aksincha. Xo'sh, "Nasaf" murabbiylari bu o'zgarish bilan nimaga erishmoqchi edi? CHunki, "Paxtakor"da qanotdan jarima maydonchasiga ijro etiladigan krosslarning asosiy qismi Sayfiev va Rashidovga tegishli. O'ngdagi Alijonov va Turg'unboev esa mavsumdagi dastlabki ikki o'yinda juda sust harakat qilishdi. O'z-o'zidan Farruh va Sardorning havolatib paslari asosan uzoqroq burchakka ijro etiladi. Bunda Eshmurodov Derdiyok yoki CHeranga bazi epizodlarni boy berib qo'yishi mumkin. Samarqanddagi o'yinda kiritilgan gol ham bunga misol. Aliqulov esa havodagi kurashlarda Superligadagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri, juda baland sakraydi va ikkinchi qavatda raqiblarga kamdan-kam imkon qoldiradi. Aynan ikkinchi qavatdan keladigan xavf sabab Umar va Husniddinning joyi almashtirildi. Bu borada ham Berdiev vazifani uddaladi. Na Derdiyok va na CHeran biror marotaba bosh bilan zarba bera olmadi.


Uchinchi xato. Superkubokning birinchi bo'limida chap qanotda hukmronlik o'rnatgan Oybek Bozorov ikkinchi 45 daqiqalikda o'ngga olingan va shu bilan yosh vinger o'yindan chetda qolib ketgandi. Sayfiev unga deyarli imkon bermagandi. Bu gal esa murabbiy ana shu xatoni ham to'g'riladi va Oybek har ikkala bo'lim chapda to'p tepdi. Bir qarashda Berdiev bu vazifani ham uddalagandek edi. Ammo... Ana shu ammoga keyinroq qaytamiz.


"Nasaf"ning tajovuzkorligi 70 daqiqaga etdi, "Paxtakor" esa tajriba evaziga 20 daqiqada kambek qildi

Kecha muxlislar 70 daqiqagacha boshqacha va undan keyin boshqacha o'yin ko'rishdi. "Nasaf" futbolchilari maydonda tez va tajovuzkor bo'lishdi. Tinimsiz hujumlar va zarbalar berishdi. "Paxtakor" penaltini tepguniga qadar "ajdarlar" jami 12 marta Quvvatov darvozasi tomon zarba berishdi, ulardan 11tasi aniq zarba. SHunchaki daxshatli statistika. Mana man degan grand klublar havas qiladigan raqamlar. O'z navbatida "Paxtakor" ana shu vaqt ichida jami 6ta zarba yo'lladi va ularning birortasi manzilga aniq bormadi. Juda g'arib statistika. 10 daqiqada Rashidov jarimadan darvoza ustunini nishonga oldi, u ham aniq zarba hisoblanmaydi. SHu statistikaning o'zi maydonda 70 daqiqaga qadar kim yaqqol ustunlik qilganini isbotlab turibdi.


Lekin, futbol hakam xushtagi chalingunga qadar davom etishini unutmaslik kerak. Rashidov penaltidan hisobni qisqartirgach hammasi o'zgarib ketdi. Mehmonlarning kayfiyati ko'tarilib oldinga o'tishni boshlashdi, mezbonlarda esa aksincha, ruxiyat tushib ketdi. Mana shu erga kelganda ko'p bor takidlanadigan tajribasizlik va tajriba o'rtasidagi farq ko'zga tashlandi. "Paxtakor"ning tajribali va klass tomonlama raqibdan ustun o'yinchilari murakkab vaziyatdan chiqib ketishlari uchun 20 daqiqa kifoya qildi. Yosh "ajdarlar" esa gol o'tkazib yuborishganidan keyin pala-partish harakat qila boshladilar. "Paxtakor" penaltini ham qo'shganda 70 daqiqadan keyin 4ta zarba berdi, uchtasi aniq. "Nasaf" esa 5ta zarba yo'lladi, shulardan to'rttasi noaniq ko'rinish oldi. Ko'rib turganingizdek statistika butunlay aksincha tomonga o'zgarib ketdi so'nggi 20 daqiqalikda.

Zarbalar statistikasi

"Nasaf" 70 daqiqaga qadar: 12 zarba - 11tasi aniq.

"Paxtakor" 70 daqiqaga qadar: 6 zarba - birorta aniq zarba yo'q.

"Nasaf" 70 daqiqadan keyin: 5 zarba - bittasi aniq.

"Paxtakor" 70 daqiqadan keyin: 4 zarba - 3tasi aniq.


"Nasaf"ga zaxiraning torligi va lider yo'qligi pand berdi

Superkubok o'yinidan keyin "Nasaf" yordamchi murabbiyi SHuhrat Toshpo'latovga zaxira o'rindig'ining torayib qolgani uzoq mavsum davomida pand berib qo'yishi ehtimoli haqida savol bergandim. Buni qarangki, chempionatning birinchi o'yinidayoq bu jihat suv yuziga sizib chiqdi. "SHerlar" birinchi to'pni kiritishganidan keyin mezbonlar himoyalanish uchun yangi kuchlarni tushirishlari kerak edi. Ammo, zaxira torligi sabab murabbiylar hech kimni almashtirishmadi. Penaltigacha tushirilgan Suhrob Nurulloevdan tashqari. Raqib maydonga uch nafar yangi va energiya beradigan futbolchilarni tushirayotgan bir paytda "Nasaf" o'zgarish qilmadi va kuchli raqibga qarshi 70 daqiqa zo'r tempda o'ynagan va ancha charchagan yoshlar bilan harakat qilishda davom etdi.

Bunga qo'shimcha o'laroq jamoada hammani o'z ortidan ergashtiradigan va boshqaradigan etakchi yo'qligi ham pand berdi. Xatto, birinchi gol o'tkazilganidan keyin ham nimadir qilsa bo'lardi, agar tarkibda lider bo'lganida. Negadir mezbonlar to'p ushlab o'yinni "o'ldirish" o'rniga, yana oldiga o'taverdilar, o'taverdilar. Natija esa hammaga malum. "Nasaf" yopilib olish o'rniga oldiga o'tishda davom etaverdi, ochiq o'yin esa "Paxtakor" uchun ayni muddao bo'ldi.


Piter Xyuistradan shoh va mot

Maqola boshida Berdiev xatolarni to'g'riladi, ammo... degan joyiga etib keldik. O'sha ammo - "sherlar" ustozi Piter Xyuistra.

Kechagi g'alaba "Paxtakor" murabbiyiniki bo'ldi. O'zbek futbolida mana shunday murabbiycha "yurish"ni ko'rish juda yoqimli. Niderlandiyalik mutaxassisning o'yinchi almashtirishlari bahsni o'zgartirib yubordi. Boya aytganimizdek, Bozorov bu safar chap qanotda oxirigacha qoldirildi. Ammo, Xyuistra o'zining o'ng qanotidagi muammoni payqadi va yomon formadagi Alijonovni olib uning joyida Sayfievni o'tkazdi. CHapga esa IbrohimHalil Yo'ldoshev tushdi. Bu "yurishlar" evaziga mehmonlar ustozi raqibning eng xavfli o'yinchisi Bozorovni "tinchitdi", kamiga yosh, tezkor futbolchilar zaxiradan tushishlari bilan bahsga yangi energiya bera olishdi. Bir necha yil oldin Massimiliano Allegri "Yuventus" bosh murabbiyi bo'lib turgan paytlari bir uchrashuvda yutqazib turgan bir pallada ikkita qanot himoyachilarini almashtirib o'yinni yutib ketgandi. O'shanda Aleks Sandro va Kuadrado o'rniga zaxiradan Lixtshtayner va Kvadvo Asamoa tushirilgandi. Kecha esa Piter ikki to'p farqi bilan yutqaza turib, hujumkor o'yinchini emas qanot himoyachisini almashtirdi. Bu esa Piter Xyuistra tomonidan shox va mot edi.


Kecha VAR qanday ishladi?

Uchrashuvdan so'ng ko'pchilikda VAR tizimiga nisbatan keskin etirozlar bo'ldi. Bunda etirozlar asosan bosh hakam Ilgiz Tantashev biror marta shaxsan o'zi VARga borib qaramaganiga nisbatan yangramoqda. Lekin, bellashuv davomida har bir bahsli vaziyatda Tantashev VARdagi hakamlar bilan qulog'idagi maxsus moslama orqali gaplashdi. VARdagi Aziz Asimov barcha vaziyatlarda ikkilanishga imkon qoldirmagandirki bosh hakam biror marta VARga shaxsan o'zi borib qaramadi. Agar juda bahsli holat ro'y berganda va vaziyatga xatto VARdagilar ham baho berishga ikkilanishganda, unda Tantashevni o'zini monitor yoniga chaqirishgan bo'lishardi.

Tantashev VARdagilardan ehtimoliy penalti haqida so'rayotgan vaziyat.


Qarshidagi triller qahramoni - Oybek Bozorov

"Paxtakor" murakkab kambekni amalga oshirdi. SHu sabab ular tarkibidagi yaxshilarni ham etirof etmaslik to'g'ri bo'lmasdi. SHaxsan men uchun mehmonlarning eng yaxshi o'yinchisi Sardor Sobirxo'jaev bo'ldi. Sardor penalti ishladi va g'alaba goliga aqlli pas berdi. Zaxiradan tushgan Erkinov va Yo'ldoshevlar ham o'yinni kuchaytirishdi. Rashidov esa butun o'yin ko'p bor to'p yo'qotdi, noaniq zarbalar berdi, paslari xato ketgan vaziyatlar ham bo'ldi. Lekin, oxirgi 20 daqiqalikda bitta gol urdi va ikkinchi golda avtogolga sabab bo'luvchi pasni ijro etdi.

"Markaziy" stadionda o'tgan trillerning asosiy qahramoni esa - Oybek Bozorov. Oybek kecha o'yinni "yondirdi". CHap qanotda xohlaganini qildi. Oxirgi ikki o'yinda Bozorov Hojiakbar Alijonov uchun qo'rqinchli tushga aylandi. Tezkor, egiluvchan, driblingi yuqori bo'lgan vinger bu mavsum "Nasaf"ning asosiy yulduzi bo'ladi. Bozorov juda katta iqtidor va buni kecha yana bir bor ko'rsatdi.


VIDEO  Piter Xyuistra: "Futbolchilarimiz jang qila olishlarini namoyon etishdi"

VIDEO  Ro'ziqul Berdiev: "Penalti o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi"

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика