So’nggi yangiliklar

12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  0 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  5 10:55"Хоразм" яна уч нафар футболчиси билан янги шартномалар имзолади  1 10:31"Нефтчи" яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  6 10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0 09:50"Сепахон" менежери Игорь Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  4 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  2 08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  0 08:30Ўзбекистонлик футболчи Қозоғистон чемпионатида тўп тепган легионерлардан иборат рамзий терма жамоадан ўрин олди  0 08:03Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин  19 07:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчиси "Брага"да?  4 02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  9 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  20 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0

G'alaba olinur, berilmas! Yangiliklar

G'alaba olinur, berilmas!

Jamoalarimizni tanqid qilmoqchi emasman. Tanqiddan osoni ham yo'q. Lekin talab qilishga haqqimiz bormi-yo'qmi?
Borimiz shu!, deydigan vaqtlar o'tib ketdi. Bunga ishonchim komil. Lekin qachongacha murabbiylarning qandaydir g'oyalari-yu eksperimental chizmalariga qarab kun o'tkazamiz. Qachongacha Vladimir Vays o'yinchilar himoyachilarimizni yosh bolalardek birin-ketin aldanib o'tirishlarini indamay kuzatib o'tiramiz? Nahot bizda xuddi shunday driblinglar ishlatadigan, o'yin taqdirini hal qilishgada qodir yuksak texnarlar chiqmaydi? CHiqadi, juda chiqadi! Faqat, ishlash kerak, mehnat qilish kerak, mashaqqatdan cho'chimaslik kerak! Mayli maydondagi o'n o'yinchi murabbiyning chizgan chizig'idan chiqmasin, sen himoyada, sen o'rtada, deganini qilib yursin. Aqalli bitta o'yinchimiz raqibning butun himoyasini ag'dar-to'ntar qilib tashlasin. To'pni nozik sezish, driblinglarni yanada tezroq, samaraliroq chiqarishni mashq qilish shunchalar qiyinmi?

Ronalduni Ronaldu qilgan narsa nima? Ha, o'lmang, kuniga 7-8 soatlab qilingan mashg'ulotlar emasmi? Keyinchalik jarima to'plarini amalga oshirish ustida ishlab, mutaxassis darajasigacha chiqmadimi? Yoki, sprinterlikni rivojlantirish uchun Useyn Boltdan master-klasslar olgach, maydonda mingga qo'yishni boshladi.

Uzoqqa bormaylik, o'zimizda ham ana shunday o'yinchilar bo'lgan. Birodar Abduraimov, To'lagan Isoqovlar... Ularning davri boshqa, deb o'ylardim. Ammo o'sha davrlarda ham futbolni o'n bir kishi o'ynagan. O'yinchilar qarshisidagi raqiblarni sanamay aldab chiqavergan. Birodar Abduraimovning maydondagi harakatlari sanat darajasigacha chiqqanini ko'p o'qiganmiz. Sobiq Ittifoqning ko'zga ko'ringan himoyachilar Birodar Abduraimovga qarshi o'ynash juda qiyin bo'lganini xotirlashgan. Yoki Baxtiyor Ixtiyorovning Men Messini "Paxtakor"da 60-yillarda ko'rganman, deganida To'lagan Isoqovni nazarda tutganini ko'pchilik bilmasa kerak.

Bularning hammasi mashq, tinimsiz mehnat ortidan emasmi? O'zimiznikilar ham eplagan ekanku, nega hozirgi avlod vakillari buning uddasidan chiqa olmaydi!?
Agar ana shunday o'yinchi chiqsa, muxlislar, butun O'zbekiston o'sha o'yinchini boshiga ko'tarib yuradi, bunga shubham yo'q. Tarixda qoladi, bunga ishonaman. Xalq hurmatini qozonishni istaganlar bo'lsa, futbolchilarimiz futbolga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirishlari kerak, shart, busiz mumkin emas.

Achchiq bo'lsa ham aytish kerak  hozirgi professional futbol bu rohatlanish uchun, sog'lom turmush tarzi uchun o'ynaladigan sport emas. Uning yuki og'ir, millionlarning nigohida turishning o'zi oson emas. Futbol o'ynayotganlar yoki futbolchi bo'lishni orzu qilganlar avvalo shuni his qilishlari kerak. Maydonga chiqayotgan o'yinchining zimmasida nechog'lik mashaqqatli yuk turibdi, buni ham tushunishlari kerak.
Mahmudxo'ja Behbudiyning mashhur gapi bor: Haq olinur, berilmas! Ul zoti bobarakotning so'zlarini ozroq isloh qilamiz: G'alaba berilmas, olinur!.

Futbolchilarimiz omon bo'lishsin!


Baxtiyor ABDUG'AFUR
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика