Gadoev va Tursunov ikkinchi davrani "Bunyodkor"da o'tkazadi
22 iyu 2019 10:06
Yangiliklar
Gadoev va Tursunov ikkinchi davrani "Bunyodkor"da o'tkazadi
"Bunyodkor" klubi ikkinchi davra oldidan o'z safini ikki nafar tajribali futbolchi bilan to'ldiradi.
Yaqindagina Janubiy Koreyaning "Tedjon Sitizen" klubi bilan xayrlashgan Sanjar Tursunov va SHohruh Gadoev ikkinchi davrani "qaldirg'ochlar" safida boshlashadi. Bu haqda Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida aytib o'tdi.
"Minskdagi yig'inda ikki nafar ukrainalik futbolchi ko'rikdan o'tdi. Biroq ikki nafar o'zbekistonlik futbolchining bizning klubga o'tishga rozi bo'lgani tufayli ukrainaliklarni olib qolmaslikka qaror qildik. Gap Gadoev va Tursunov haqida ketmoqda. Tursunov mening talablarimni juda yaxshi biladi. Gadoev bilan u qadar tanish emasman. Ammo bir hafta ichida barchasi o'z iziga tushib ketishiga ishonchim komil", - deydi Abramov.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar