Gabriel Kalderon “Betis” klubining yangi bosh murabbiyi bo'ldi
20 jan 2014 10:59
Yangiliklar


Gabriel Kalderon “Betis” klubining yangi bosh murabbiyi bo'ldi
“Betis” klubining yangi bosh murabbiyi Gabriel Kalderon bo'ldi.
U istefoga chiqarilgan Xuan Karlos Garridoning o'rniga ushbu lavozimda ish boshladi.
Kalderonning klub bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'ngigacha mo'ljallangan. Agar seviliyaliklar primeroda qola olsalar, mutaxassis bilan shartnoma yana uzaytiriladi.
Eslatib o'tamiz, “Betis” “Real”dan mag'lubiyatga uchragach, jamoa rahbariyati bosh murabbiyni o'zgartirishga qaror qilgan.

Fikrlar