Gabriel Jezus: "Penaltini menga berishmaganidan noroziman"
09 okt 2018 13:29
Yangiliklar
Gabriel Jezus: "Penaltini menga berishmaganidan noroziman"
"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus "Liverpul"ga qarshi APLning 8-tur uchrashuvidagi (0:0) penaltini yarim himoyachi Riyad Marez tepganidan norozi.
Marez 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi, jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola braziliyalikdan kechirim so'radi.
"Penaltini menga berishmaganidan noroziman. Riyad kabi mashg'ulotlarda penalti ijro etishni mashq qilgandim. 11 metrlik zarbani men amalga oshirmoqchi edim, gol urishimga ishonardim.
Eng asosiysi - mag'lubiyatga uchramadik. O'yindan keyin Gvardiola men bilan suhbatlashdi. Bu futbol, bazida shunday bo'lib turadi. Agar murabbiy yana Riyadni tanlasa, uni qo'llab-quvvatlayman" - deydi Jezus.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar