Gabriel Jezus: APL qiyinroq bo'ladi deb o'ylagandim
23 may 2017 08:47
Yangiliklar
Gabriel Jezus: APL qiyinroq bo'ladi deb o'ylagandim
Manchester Siti hujumchisi Gabriel Jezus APLdagi ilk mavsumidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bundan qiyinroq bo'ladi deb o'ylagandim. Yo'q, menga oson bo'lgani yo'q. Hayotim o'zgarib ketdi, hech qachon bundan nolimaganman. Evropada o'ynash orzusiga erishganimdan xursandman.
Palmeyrasdan ketganimda xafa edim. Man Sitida barcha yordam berdi: braziliyalik futbolchilar ham, klub ham. Onamni sog'inayapman, ular Braziliyada ukalarim bilan birga qolganlar.
Onam baxtli bo'lsa men ham baxtliman. SHu haftada onam bilan nihoyat ko'rishaman, – deydi Jezus.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar