"Gabigol" – Braziliya chempionatida 100 ta gol urgan eng yosh o'yinchi
05 sen 2022 14:37
Yangiliklar
"Gabigol" – Braziliya chempionatida 100 ta gol urgan eng yosh o'yinchi
"Flamengo" hujumchisi Gabriel Barboza "Seara"ga qarshi uchrashuvda (1:1) hisobni tenglashtirdi.
Hujumchi 26 yosh-u 5 kunligida Braziliya chempionatida 100 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
"Gabigol" "Vasko da Gama"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari Roberto Dinamitni ortda qoldirdi. Dinamit 1980 yilning may oyida, 26 yosh-u 24 kunligida ushbu marraga etishgan.
Umuman olganda, "Gabigol" ligada "Flamengo" uchun 58 ta gol urgan bo'lsa, yana 42 tasini "Santos"da o'ynaganida urgan. Futbolchi "Inter" va "Benfika"dagi o'yinlari bilan ham tanilgan.
Fikrlar