Fyullkrug mashg'ulot payti germaniyalik muxlisning qo'lini sindirdi Yangiliklar

Fyullkrug mashg'ulot payti germaniyalik muxlisning qo'lini sindirdi

Germaniya va SHotlandiya o'rtasidagi Evro-2024 ochilish uchrashuvi mezbon jamoa muxlislaridan biri uchun noxushlik olib keldi.

O'yin avvalidagi mashg'ulotlarda Niklas Fyullkrugning zarbasidan so'ng darvoza ortida o'tirgan 43 yoshli muxlis Kay Fletman qo'lini sindirib oldi va bellashuvni shifoxonada tomosha qilishga majbur bo'ldi.

Vaziyatdan xabar topgan Niklas muxlisga imzosi tushirilgan forma va uzr so'rash xati ko'rinishidagi sovg'a jo'natgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика