So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Fyodorov Moskvaga ketdi, Samatov va Saidov klubni tark etdi Yangiliklar

Fyodorov Moskvaga ketdi, Samatov va Saidov klubni tark etdi

“Neftchi” jamoasi rejaga muvofiq dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'inini o'z qarorgohida olib bordi.

Bosh murabbiy Andrey Fyodorov 21 dekabr kuni Moskvadan qaytib kelgandi va mashg'ulotlarga o'zi kirishgandi. Uning boshchiligida davom etgan bir haftalik mashg'ulotlar nihoyasiga etdi. Andrey Vitalevich esa Yangi yil bayramini oila-azolari davrasida qarshi olish maqsadida 27 dekabr kuni yana Moskvaga jo'nab ketdi. Yangi yildan keyin esa yana qaytib keladi. Aytish lozimki, tarkibda ham kutilmagan o'zgarishlar ro'y bermoqda. Jamoa sardori va etakchisi, uzoq yillardan beri “Neftchi” uchun to'p surib kelgan Mansur Saidov aftidan klub bilan kelisha olmagan ko'rinadi. Negaki, u yig'inda ko'rishni bermadi. Oxirgi malumotlarga qaraganda, “Qizilqum” tomonidan ushbu o'yinchiga jiddiy qiziqish bor. Mansur yangi mavsumni boshqa jamoada o'tkazmoqchi. SHuningdek, himoyachi Alisher Samatov ham jamoani tark etdi. Bu klubda bir yil to'p surgan futbolchi endi qarorini o'zgartirdi. Tabiiyki, ularning ketishi jamoa uchun yo'qotish hisoblanadi. Biz esa Samatov bilan bog'lanib vaziyatga oydinlik kiritdik.  

- Mening shartnomam bir yilga mo'ljallangandi. Uning muddati tugayapti. Albatta, murabbiylar bilan ham gaplashdim. Rostini aytsam, “Neftchi”dan ketaman. Hozircha uydaman, dam olyapman, - deydi Samatov.

- “Neftchi”ning yig'inida necha kun qatnashdingiz?
- Bir kun desa ham bo'ladi. Mashg'ulotda qatnashdim va ertasiga murabbiylar bilan gaplashganimdan so'ng qaytib keldim.


- Farg'onada bir yilni qanday o'tkazdim deb o'ylaysiz?
- To'g'risi, o'z o'yinimdan qoniqqanim yo'q. Hech bir yaxshi o'tkazgan o'yinimizni eslay olmayman. CHunki o'z poziciyamda o'ynaganim yo'q. Murabbiylar hali u joyga, hali bu joyga qo'yib o'ynatishdi. SHuning uchun u erga moslashib keta olmadim deb o'ylayman. Vaholanki, boshida “Neftchi” jamoasiga kirishib ketaman deb o'ylagandim. Bungacha boshqa klublarda o'ynaganimda bunchalik qiynalmagandim. 2016 yil men uchun ancha qiyin kechdi.

- Qolaversa, bosim ham sezildimi?
- Bosim? Unchalik emas. Muxlislarni oladigan bo'lsak, ularni ham u qadar tushunib bo'lmaydi. Bir unday, bir bunday deyishadi. Har doim bir tekisda qo'llab-quvvatlashmas ekan. SHuncha yil futbol o'ynagan bo'lsam, birinchi marta bunday holatga tushib qolishim.  

- Sizningcha, klubning past natija qayd etishiga nima sabab bo'ldi?
- Yutayotgan paytlarimizdagi qo'pol xatolarimiz qimmatga tushdi. “Neftchi” o'ziga yarashmagan o'rinda bo'ldi. Tarkibni murabbiylar aniqlashadi. Ammo jamoa barqaror o'ynay olmadi. Buning ustiga o'yinlarda tarkib ham almashaverdi.

- Endi sizning keyingi taqdiringizga Yangi yildan keyin oydinlik kiritiladi. SHuni hisobga olganda, takliflar bo'lyaptimi?
- Bor-u, lekin unchalik jiddiy emas. Baribir siz aytgandek, Yangi yildan keyin hammasi hal bo'ladi.

- Rosti, sizni yana Farg'onada qolishingizni kutgandik. O'sha murabbiy bilan suhbat jarayonida o'zaro nima masalada kelisha olmadinglar?
- Menga klubdan ketasan deb aytishgani yo'q. Lekin gaplaridan har qanday inson o'zi uchun xulosa chiqarib oladi. Jamoani yoshartirmoqchiman, ko'proq mahalliy o'yinchilarga etibor qaratiladi, qabilidagi gaplar. Ular esa Yangi yilgacha telefonlashamiz deyishdi. To'g'ri, klubdan yomon munosabatda ketganim yo'q. Balki hali jamoadagilar meni ketdi deb o'ylashmayotgandir. Biroq o'zim uchun qaror qilib bo'ldim: “Neftchi”dan ketaman! U erga kirishib keta olmadim va bundan keyin ham bu narsa bo'yicha qiynalib yurardim.

- O'zi klubdagi muhit qanaqa edi?
- Muhit yaxshi, futbolchilarning munosabati ham joyida edi. Faqat barqarorlik etishmadi. Kuchli klublarga qarshi o'yinlarda g'alabalar qozonib, ochkolarni qo'lga kiritdik. Nimagadir saviyasi o'zimiz bilan teng bo'lgan jamoalarga yutqazib qo'ydik.

- Bungacha “Navbahor”da bir yarim yil to'p surdingiz. Farg'onada esa bir yil. Jamoa almashtirishingizdagi sabablar nima bilan bog'liq?
- Namanganda o'ynaganimda hamma narsa men uchun qulay bo'lgandi. Hech nimadan nolimayman. Hammasi yaxshi bo'lgandi. Ammo u erda ham murabbiylar almashaverdi. “Neftchi” esa meni ikki yildan beri chaqirardi. O'z xohishim bidan Farg'onaga o'tgandim.


FIRDAVSXON

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика