So’nggi yangiliklar

18:52ПФЛ клубларни 25 мартга қадар қарзларни тўлашга чақирди  0 18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  2 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  13 17:47"Зенит" - ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибда  6 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  2 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  1 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  8 14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  21 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  3 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  17 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  20 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  9 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3

Futzaldan futbolga qaytgan, “Andijon”da o'ynayotgan Ilhom Abdug'aniev bilan suhbat Yangiliklar

Futzaldan futbolga qaytgan, “Andijon”da o'ynayotgan Ilhom Abdug'aniev bilan suhbat

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Yangier-Quruvchi” (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Ilhom Abdug'aniev bilan suhbatlashdik.

Etiborlisi shundaki, Abdug'aniev avvalroq “Neftchi” futzal jamoasida o'ynab kelayotgan edi. Keyinchalik u farg'onaliklarni tark etib, Superligaga qaytishni maqsad qilgan “Andijon”dan qo'nim topdi. 


O'yin haqida

- To'g'risi, bugun ikki jamoa uchun ham oson bo'lmadi. Negaki, ob-havo noqulay kelgani uchun ham muammolar yuzaga keldi. SHunday bo'lsada, yomg'irli havoda bizni qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman. “Yangier-Quruvchi”ni katta ishtiyoq evaziga, ahillik bilan o'ynaganimiz evaziga g'alaba qozondik. 


“Andijon”ga o'tishi xususida

- Bu erga kelishimga Jahongir aka Nuriddinovning o'rni katta bo'ldi. Aynan shu kishi menga ishonch bildirdi va jamoasiga taklif qildi. SHu sababli u Jahongir akaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Klubning Superligaga qaytishi uchun qo'limdan kelgancha yordam bermoqchiman.


Futzaldan futbolga o'tishi haqida

- Farruh aka Zokirov tufayli “Neftchi”dek ajoyib jamoada o'ynadim. O'yin amaliyotiga ega bo'lib turdim. Natijada, "Andijon”dan bo'lgan taklif bilan shu erga yo'l oldim. Bosh murabbiy esa meni ketishimga qarshilik qilmadi va sharoit yaratib berdi. Futzaldan yana katta futbolga qaytishimda muammo yuzaga kelmadi. CHunki bunga qadar katta futbolda o'ynab kelganman, yuzaga kelgan kichik tanaffus meni cheklab qolmasdi. “Andijon” safida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan holda, Superligada o'ynamoqchiman. 


Kelajagi borasida

- Har bir futbolchi o'z oldiga eng oliy maqsadlarni qo'yadi. Aytaylik, klub bilan maqsadlarga erishishni ko'zlaydi. Terma jamoa libosida to'p tepishni orzu qiladi. Qisqasi, mening ham maqsadlarim ulkan. Avvalo “Andijon”ga bejiz kelmaganimni isbotlashim va jamoani Superligaga chiqishiga ko'maklashmoqchiman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика