So’nggi yangiliklar

22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  0 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  8 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  4 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  8 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  6 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7

Futzalchilarimizga tasanno! Yangiliklar

Futzalchilarimizga tasanno!

O'zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Eronga qarshi juda chiroyli o'yin namoyish etdi.

Yaqindagina yakuniga etgan bahsda futzalchilarimiz nafaqat Osiyo, balki jahonning eng kuchli jamoalari sirasiga kiruvchi Eron bilan tengma-teng o'yin namoyish etib, 8:9 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Garchi biz musobaqani nimchorak finalda tark etgan bo'lsak-da, futzalchilarimizga tasanno deb qolamiz. Yigitlar bugun haqiqatan mardonavor o'yin namoyish etishdi. Biz guruhda futzal bo'yicha JCH-2016 finalchisi Rossiya hamda 1/8 finalda JCH-2016 uchinchi o'rin sohibi Eronga qarshi bahs olib bordik. 

To'g'ri, bugun mag'lub bo'ldik, lekin boshni baralla ko'tarib turnirni tark etyapmiz. Bu chempionatda Rossiya va Eron sovrindorlar qatoridan o'rin egallashi mumkin, balki kimdir chempion ham bo'lar. Ammo biz har ikki jamoaga qarshi matonat namoyish eta oldik. 

Eronni juda yaxshi bilamiz. Ular avvallari bizni deyarli mensimasdan o'ynardi, istagancha to'p kiritardi. Hozir ham ular 9ta gol urishdi, biroq biz ham qarab turmadik va 8ta gol bilan javob bera oldik. SHuning o'ziyoq O'zbekiston futzal terma jamoasi uchun katta yutuq bo'ldi. 

SHu o'rinda barcha o'zbekistonlik muxlislar nomidan futzalchilarimizni musobaqadagi ajoyib ishtirok uchun tabriklab qolamiz. Jahongir Usmonov boshchiligidagi delegaciyamiz azolariga, Bahodir Ahmedov rahbarligidagi murabbiylar shtabiga, bugungi o'yin qahramonlariga hamda ayni paytda Litvada bo'lib jamoamizni tinmay qo'llab turgan barcha-barchaga chuqur minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Siz rahmat eshitishga loyiqsiz! Ishonamizki, bu hali boshlanishi, O'zbekiston futzali jahon arenalarida bundanda yuqori natijalar qayd etish uchun astoydil harakat qilishiga tilakdoshmiz. 

Championat.asia va Olamsport.com birlashgan tahririyati.

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика