Futzalchilarimiz Madrid shahridagi o'quv mashg'ulot yig'inini boshlashdi
15 avg 2021 01:49
Yangiliklar
Futzalchilarimiz Madrid shahridagi o'quv mashg'ulot yig'inini boshlashdi
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun Ispaniyaga yo'l olgandi.
Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida futzalchilarimiz jahonning etakchi terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
Bugun Madrid shahriga etib borgan futzal terma jamoamiz kunning ikkinchi yarmida mashg'ulotlarni boshladi. Murabbiylar shtabi asosan tiklanish mashqlariga urg'u berdi.
Eslatib o'tamiz, ertaga Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Ispaniya vakillari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Fikrlar