So’nggi yangiliklar

19:00Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   0 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  3 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   7 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  23 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  2 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  31 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   43 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  10

Futzal. Xose Mariya Mendez va Artur Yunusov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi Yangiliklar

Futzal. Xose Mariya Mendez va Artur Yunusov ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi

Futzal bo'yicha Jahon chempionati starti oldidan “Kolizeo El Puelo” sport majmuasida “A” guruhi, 1-tur doirasidagi O'zbekiston – Panama uchrashuviga bag'ishlangan matubot anjumani bo'lib o'tdi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbici Xose Mariya Mendez hamda jamoa sardori Artur Yunusov O'zbekistonning jahon chempionatlari final bosqichi tarixidagi ilk o'yini oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Artur Yunusov: “Biz uchun bu Jahon chempionatlaridagi debyut bo'ladi. Ammo bu – biz bu erga sayyoh bo'lib keldik, degani emas. Niyatimiz – o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilib, muxlislar mehrini qozonishdir. Bizning birinchi navbatdagi vazifamiz – guruhdan chiqish hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun bizga bog'liq bo'lgan barcha ishni amalga oshiramiz. Jamoamiz musobaqaga tayyor, deb o'ylayman. So'nggi vaqtlarda Osiyo futzali ancha o'sishga erishdi. Biz buni amalda isbot qilishni istardik”.

Xose Mariya Mendez: “Futzal bo'yicha eng yirik turnirda ishtirok etayotganimizdan xursandmiz. Umid qilamanki, Kolumbiyada imkon qadar uzoqroq ushlanib qolamiz. O'zbekistonda futzal jadallik bilan rivojlanyapti. Bizning Kolumbiyadagi muvaffaqiyatli ishtirokimiz esa ushbu sport turining keyingi rivoji yo'lida muhim turtki bo'lishi mumkin. Guruhimiz anchagina murakkab. Bizni ko'pchilik autsayder sifatida baholayotgan bo'lishi mumkin. Ammo bu bizga qo'l kelishi ehitimoli ham bor. Jamoam turnir syurpriziga aylanishini chin dildan umid qilaman”

 “Panama terma jamoasi haqida faqatgina ijobiy so'zlarni ayta olaman. Bu jamoada asosiy etiborni jismoniy jihatga qaratgan kuchli futzalchilar to'plangan. Bunday jamoalarga qarshi o'ynash doim qiyin. Biz uchun eng muhim o'yin aynan Panamaga qarshi kechadigan ilk bahs bo'ladi. SHuning uchun biz faqat g'alaba qozonishga intilamiz”

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Panama uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 11 sentyabr, 04:00da start oladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика