Futzal. Xose Mariya Mendez: "Uchrashuvni biz nazorat qildik"
17 may 2017 12:24
Yangiliklar
Futzal. Xose Mariya Mendez: "Uchrashuvni biz nazorat qildik"
U-20 Osiyo chempionati 2-turidan o'rin olgan ana shu uchrashuvdan keyin yoshlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendez fikrlarini bildirib o'tdi.
- O'yinni boshida biz yaxshi o'ynadik. Uchrashuvni biz nazorat qildik. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, barchasidan ham foydalana olmadik. Himoyada tartibli harakat qildik. Bugungi uchrashuvda biz uchun eng yomon tomoni Botir Rizaev va Said Rizo Mirsharofovlar sariq kartochka olgani bo'ldi.
- CHempionatdan oldin O'zbekistonda yosh futzalchilar uchun tanlov tashkil etilgandi. O'sha tanlovdan o'tgan qaysi futzalchi hozir Osiyo chempionatida o'ynamoqda?
- Albatta bu tanlov bizga katta yordam berdi. Ko'plab yigitlar orasida Botir terma jamoa sharafini himoya qilmoqda. Agar bu tanlovni oldinroq tashkil qilganimizda ularning safi yanada kengroq bo'lardi.
Abdurahmon Fozilov yozib oldi
Bangkok, Tailand
Fikrlar