Futzal. Tojikiston o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqdi!
24 apr 2024 14:25
Yangiliklar


Futzal. Tojikiston o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqdi!
Bir necha daqiqalar oldin Tailandda o'tayotgan futzal bo'yicha Osiyo kubogining chorak final uchrashuvi yakunlandi.
Unda Tojikiston qo'shimcha taymdagi gol evaziga Afg'onistonni mag'lub etdi va yarim finalga yo'llanma oldi. Yarim final bilan birgalikda Tojikiston o'z tarixida ilk bor futzal bo'yicha Jahon chempionatiga ham chiqdi!
Osiyo kubogi-2024
CHorakfinal
Tojikiston – Afg'oniston – 2:1
Gollar: Reza Xoseynpor, 19 – avtogol. Farzod Maxmudi, 23 (1:1). Fayzali Sardorov, 47 (2:1).
O’xshash yangiliklar
12:10
"U-17 Rivojlanish kubogi". O'zbekistonning Tojikistonga qarshi o'yin uchun asosiy tarkibi malum 10

Fikrlar