Futzal. Terma jamoamiz ilk o'yinda 3:5 hisobida yutqazdi
06 okt 2015 08:09
Yangiliklar


Futzal. Terma jamoamiz ilk o'yinda 3:5 hisobida yutqazdi
Gollarga boy bo'lgan o'yinda mezbonlar 5:3 hisobida zafar quchishdi. Birinchi bo'limda kuchlar teng kelgandi – 2:2.
Futzal. Terma jamoamiz ilk o'yinda 3:5 hisobida yutqazdi
Terma jamoamizdan gollarni Konstantin Sviridov, Andrey SHlema va Farhod Abdumavlonovlar kiritishdi. “Qayrat” tarkibida o'yin taqdirini braziliyalik futzalchilar hal qilishdi. Je dublga erishgan bo'lsa, Divaney, Aleshandre va Igorlar o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi. Bugun “Zenit” (“Baganashil”) sport majmuasida ikkinchi o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi.
“Qayrat” - O'zbekiston mtj 5:3 (2:2)
Gollar: Je 8, 32, Igor 10, Divaney 27, Aleshandre 36 - Sviridov 8-penalti, SHlema 10, Abdumavlonov 33
Ogohlantarishlar: Aleshandre 12, Lukayan 35 - Sviridov 15
“Qayrat”: Yanov, Gurov, Ronkalo - Jamankulov, Joan, Igor, Je, Leo, Aleshandre, Lukayan, Divaney, Nurgojin, Esenamanov
O'zbekiston mtj: Umarov, Xazratqulov - Xoshimov, Eliboev, Faxritdinov, Kuralov, Hamroev, Rahmatov, Abdumavlonov, SHlema, SHaripov, Yunusov, CHoriev, Sviridov, Anorov
Hakam: Kosmuxambetov, Valyaev (ikkisi ham Qozog'iston)
5 oktyabr. Almati. “Qayrat”. 500 tomoshabin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar